Coca-Cola Superligada sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan sentyabr oyida Superligada 4 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 9:1

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:2

Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 5:8

Mirjalol Qosimov (AGMK) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 3:0

Mikael Sekeyra (“Lokomotiv”) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:4

Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 3:0


Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor”) – 4 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 200 ta aniq paslar

Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”) – 4 o‘yin, 4 quruq o‘yin, 7 ta seyv

Husniddin Aliqulov (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist, 25 yakkakurashlar

Husain Norchayev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 3 gol

Ivan Yosovich (“Qo‘qon-1912”) – 4 o‘yin, 3 gol, 25 yakkakurashlar, 19 marotaba to‘pga ega chiqish

Azizbek Amonov (“Lokomotiv”) – 4 o‘yin, 1 gol, 2 assist


Sentyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)

Mirjamol Qosimov (AGMK – “Turon”)

Vasiliy Sovpel (“Qo‘qon-1912” – “Andijon”)

Husain Norchayev (“Nasaf” – “Bunyodkor”)

Oybek Bozorov (“Nasaf” – “Bunyodkor”)

Jasur Jaloliddinov (“Lokomotiv” – “Mash’al”).

mib
cola
apex
bmb