Coca-Cola Superliga. “Paxtakor” ikkinchi mag‘lubiyatini “Qo‘qon-1912”dan qabul qildi

Coca-Cola Superliganing 21-turiga start berildi. Ikkita o‘yinning har ikkalasida ham bashoratlar boshqacha edi-yu, natija boshqacha bo‘ldi. “Paxtakor”ning Qo‘qonda ochko yo‘qotishiga ishonuvchilar kamchilikni tashkil etayotgandi. Kimsan amaldagi chempion, yana chempion bo‘lishiga bir qadam qolgan, kuchli legionerlarga ega jamoa, qolaversa, o‘tgan turda “Andijon”dagi mag‘lubiyat “tasodifan” ekanligini isbotlab berish uchun ham maydonga tushadigan jamoa. Lekin barchasi “havoga uchdi”. Maydon egalari ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi. Qo‘qonliklar bu bilan mag‘lubiyatsiz yurishini to‘rttaga etkazdi – ikkita yutuq va ikkita durang. Ikkinchi uchrashuvda “Metallurg”ning g‘alabasiga shubha qiluvchilar deyarli yo‘q edi. Lekin buning aksi bo‘ldi. Avvaliga har ikkala jamoa ham penaltidan gol urib hisobni tenglashtirib olishgandi. Bosh hakam qo‘shib bergan daqiqalarning so‘nggisida esa “temiryo‘lchilar”ga omad kulib boqdi – uch ochko bilan qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Coca-Cola Superliga. 21-tur

1 oktyabr, juma

 

METALLURG – LOKOMOTIV - 1:2 (1:0)

Bekobod. “Metallurg” stadioni.   104 tomoshabin.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Rahimbek Karimov

VAR assistent: Aleksandr Sidorov

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Damir Temirov, 42-pen. (1:0),  Temurxo‘ja Abduxoliqov, 59-pen. (1:1), Azizbek Amonov, 90+2 (1:2)

"Metallurg": Vladimir Vagin, Odilbek Abdumajidov (Dilshod Rahmatullaev, 69), Salamat Quttiboev, Abrorbek Toshqo‘ziev (Ruslan Roziev, 87), Zohid Abdullaev (Shahzodbek Nurmatov, 64), Shahzodbek G‘ofurbekov, Stanislav Andreev, Ibrohim Ibrohimov, Farruhjon Ibrohimov (Xudoyshukur Sattorov,  87), Abdurahmon Abdulhaqov (Ivan Nagaev, 87), Damir Temirov .

"Lokomotiv":  Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Shuhrat Muhammadiev, 68), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov, G‘ulom Haydar G‘ulomov,  Islom Rashidxonov (Javohir Ilyosov, 42), Sherzod Fayziev,  Diyorjon Turopov (Dilshodjon Komilov, 90+1).

Ogohlantirish: Odilbek Abdumajidov, 68 - Diyorjon Turopov, 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 53.

Chetlatish: Yo‘q - Abdumavlon Abdujalilov, 36

 

QO‘QON-1912 – PAXTAKOR - 4:2 (2:0)

Qo‘qon. “Markaziy” stadion. 6947 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Alisher To‘xtasinov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Oybek Rustamov, 9 (1:0), Muhammadanas Hasanov, 40 (2:0), Shahzod Azmiddinov, 47 (2:1), Hojimat Erkinov, 71 (2:2), Yakuba Bamba, 71 (3:2), Sardorbek Azimov, 76 (4:2)

"Qo‘qon-1912":  Muzaffar Abdullaev, Asadbek Sobirjonov (Sardorbek Azimov, 62), Farhodbek Bekmuratov ( Iqboljon Malikjonov, 62), Shohnazar Norbekov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov (Ilhomjon Vahobov, 81), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Yakuba Bamba (Mo‘minjon Meliev, 74), Murod Holmuhammedov

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Shahzod Azmiddinov, 46), Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov (Boyan Matich, 78), Sherzod Temirov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Xojimat Erkinov (Azizbek Turg‘unboev, 73), Sherzod A’zamov (Marlen Chobanov, 42), Sardor Sobirxo‘jaev (Abrorbek Ismoilov, 46), Farruh Sayfiev

Ogohlantirishlar: Muhammadanas Hasanov, 44, Avazxon Mamatxo‘jaev, 45 Ilhomjon Vahobov, 90+2 -  Sherzod A’zamov, 15, Azizbek Turg‘unboev, 75.

mib
cola
apex
bmb