Futzal. Oliy liganing 2021/22-yilgi mavsumiga 4-oktyabr kuni qur’a tashlanadi

Avval xabar berilganidek 9-oktyabr kuni futzal bo‘yicha Oliy liganing 2021/22 yilgi mavsumi start oladi. Unda 12 ta klub g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 

Oliy liga uchrashuvlari “Sport” telekanali tomonidan jonli namoyish etib borilishi rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL va telekanal hamkorlikda qur’a marosimini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etadi. 

4-oktyabr kuni 19:00 da “Bizning futbol” dasturi efirga uzatiladi. Rejaga ko‘ra, aynan mana shu dastur davomida futzal chempionatining navbatdagi mavsumi muhokama etiladi va unda yangi mavsum uchun qur’a tashlanadi.

mib
cola
apex
bmb