U-18. Mezbonlar tayyor “oshni” oldirib qo‘yishdi

18 yoshlilar chempionatida 12-turdan qoldirilgan ikkita o‘yin o‘tkazildi. “So‘g‘diyona” yangi ta’mirdan chiqqan, zamonaviy ko‘rinish olgan klub bazasida “Andijon”ni qabul qildi. Fayozbek Hayotjonovning ikki goliga ko‘ra birinchi bo‘limda maydon egalari hisobda oldinda borishayotgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda mehmonlarning ikki golini o‘tkazib yuborishdi. Ikkinchi bahsda ham shunga o‘xshash vaziyat. “Qizilqum” Azizjon Axrorovning dubli evaziga birinchi bo‘limda ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib olishgandi. Ammo ikkinchi bo‘limda g‘uzorliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va mezbonlar darvozasini uch bor nishonga olgan holda o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Ko‘rib turganingizdek, ikkala o‘yinda ham maydon egalari tayyor ”oshni og‘izlaridan” oldirib qo‘yishdi.

 

U-18 Chempionati.

12-turning qoldirilgan uchrashuvlari.  28 sentyabr,seshanba

 

SO‘G‘DIYoNA – ANDIJON – 2:2 (2:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” FK qarorgohi maydoni. 46 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Xayrulla Normatov, Behruz Berdibekov

Nazoratchi: Shuhrat Karimov

Komissar: Feruzbek G‘aniev

Gollar: Fayozbek Hayotjonov (1, 22-pen.) -  Abdurahmon Yo‘ldoshev (63), Shodiyorbek Olimjonov (84)

Amalga oshirilmagan penalti: Muhammadjon Abrorov (90+2, “So‘g‘diyona”)

Ogohlantirishlar: Bexzod Xoliqulov (39), Asadbek Boliev (51) – Abdurahmon Yo‘ldoshev (21), Odilbek Rustambekov (58), Xojimurod Asqarov (64), Mirjalol Qosimbekov (82), Shodiyorbek Olimjonov (85), Abdulatif Oybekov (90+1).

 

QIZILQUM – ShO‘RTAN – 2:3 (2:0)

Navoiy. “Yoshlik” stadioni.72 tomoshabin.

Hakamlar: G‘anisher Samandarov, Azizjon Ergashev, Baxtinur Xolmatov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Shaxboz G‘ulomov

Gollar: Azizjon Axrorov (13, 24) – Xolmurod Murodov (67), Choriyor Tursunqulov (72), Asilbek Ergashev (90+1)

Ogohlantirishlar: Xo‘jamurod Tursunov (18), Navro‘zbek Zokirov (60) -  Ulug‘bek Olimjonov (39), Asilbek Murodillaev (87).

 

mib
cola
apex
bmb