Ayollar futboli. U-16 chempionatiga qur’a tashlandi

Bugun O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan OFK hamda FIFA talabi asosida ilk bor tashkil etilgan U-16 ayollar chempionatining final bosqichiga qur’a tashlandi.

Musobaqaning final bosqichida “Sevinch U-16”, “Sho‘rtan U-16”, “Andijon U-16”, “Turon U-16”, “Aral samali U-16”, “Xorazm U-16”, “Bunyodkor U-16”, AGMK U-16, “Dinamo U-16” va “Metallurg U-16” jamoalari ishtirok etadi.


“A” guruhi

XORAZM-W

TURON-W

BUNYODKOR-W

SHO‘RTAN-W

ANDIJON-W


Bguruhi

METALLURG-W

SEVINCH

DINAMO-W

ARAL SAMALI-W

AGMK-W


Final bosqichiga Qarshi shahri mezbonlik qiladi. Uchrashuvlar 10-17 oktyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Unda jamoalar 5 tadan ikki guruhga qur’a yordamida ajratib olinadi. Guruhda barcha jamoalar o‘zaro bir martadan to‘qnash keladi. Guruh uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, har ikki guruh g‘olibi chempionlik uchun final o‘yinida ishtirok etadi. Mos ravishda har bir guruhning keyingi o‘rinlardagi jamoalari parallel guruhning shu o‘rindagi jamoasiga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etib, musobaqadagi o‘rniga oydinlik kiritib oladi.

mib
cola
apex
bmb