Sports.uz Coca-Cola Superliga o‘yinlaridan yil yakuniga qadar highlights tayyorlash huquqi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Shu yilning 31-mart va 15-aprel kunlari O‘zPFL Coca-Cola Superliga uchrashuvlaridan highlights tayyorlash va ularni onlayn namoyish qilish huquqi bo‘yicha mos ravishda Championat.asia va Tribuna.uz bilan kelishuvga erishgandi.

Bugun O‘zPFL xuddi shu yo‘nalishda Sports.uz nashri bilan ham shu yilning yakuniga qadar amalda bo‘ladigan shartnoma imzoladi.

Eslatma. Coca-Cola Superliga uchrashuvlaridan 10 daqiqagacha bo‘lgan highlightslar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt hamda messenjerlarga joylash huquqi bugungi kunga kelib Sport TV, Championat.asia, Kun.uz, Tribuna.uz va endilikda Sports.uz nashrlarida bor. Boshqa platformalar bu huquqdan O‘zPFL roziligisiz foydalana olmaydi. 

mib
cola
apex
bmb