“Bunyodkor-Farm” va “Lochin” jamoalariga texnik mag‘lubiyat yozildi

Joriy yilning 26-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Birinchi liga 19-turi doirasidagi “Neftgazmontaj” – “Bunyodkor-Farm” uchrashuvida 1:3 hisobi qayd etilgan edi.

Biroq “Bunyodkor-Farm” jamoasi mazkur uchrashuv qaydnomasiga sariq kartochkalari soni 4 taga etib, 19-turni o‘tkazib yuborishi lozim bo‘lgan futbolchi – F. O‘tkirovni kiritganligi sababli “2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti” 17.10-bandiga muvofiq “Bunyodkor-Farm” jamoasiga texnik mag‘lubiyat, “Neftgazmontaj” jamoasiga esa texnik g‘alaba yozildi.

Shu bilan birga, ushbu uchrashuvda urilgan gollar bekor qilinadi, olingan ogohlantirish va chetlashtirishlar o‘z kuchida qoladi.

Shuningdek, Birinchi liga 19-turidan o‘rin olgan “Zomin” – “Lochin” uchrashuviga “Lochin” jamoasi kelmaganligi sababli unga texnik mag‘lubiyat, “Zomin”ga esa texnik g‘alaba yoziladi.

 

mib
cola
apex
bmb