Pro liga. “Neftchi” “Olimpik”dan ikki o‘yin “o‘chini” oldi

Pro liganing 19-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. “A” guruhida kecha “Dinamo” safarda “Nurafshon”ni engan edi, bugun esa liga peshqadami “Neftchi” o‘z maydonida “Olimpik” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan farg‘onaliklar birinchi bosqichdagi “Olimpik”ka qarshi ikki o‘yinda  yo‘qotilgan besh ochkoni uch ochko bilan qisqartirdi va raqiblaridan munosib “o‘ch” oldi. 19-turdan keyin farg‘onaliklar 37 ochko bilan karvonboshilik qilishyapti, ikkinchi o‘rindagi “Dinamo”da 31, uchinchidagi “Nurafshonda” esa 24 ochko bor. “Olimpik” 22 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda.

 

Pro liga. 19-tur. “A” guruhi

24 sentyabr, juma

 

NEFTChI – OLIMPIK - 3:2 (2:1)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 8818 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Hasan Nabiev, Daler Tilloev

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Oybek Yunusov.

Gollar: Aleksandr Esich, 7 (1:0), Abdulloh Olimov, 21 (2:0), Shavkatjon Mullajonov, 27-o‘z darv. (2:1), Marko Obradovich, 66 (3:1), Muhammadali G‘iyosov (90+1 (3:2).

"Neftchi":  Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Sardor Abdunabiev (Ulug‘bek Hoshimov, 69), Abdulloh Olimov, Shavkatjon Mullajonov, A’zamjon Aliev (Izzatillo Abdullaev, 69), Umar Athamzoda (Saydullo Rahmatov, 89),  Dako Stanoevich, Aleksandr Esich, Oybek Qilichev (Sobit Sindarov, 78), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 89)

"Olimpik":  Vladimir Nazarov, Shoxjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev (Jaloliddin Sodiqov, 66), Farruhbek Muxtorov,  Otabek Jo‘raqo‘ziev (Bektemir Abdumannonov, 66), Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G‘iyosov, 38), Dostonbek Tursunov, Sunnatulloh Hamidjonov (Eldorbek Begimov, 81), Alisher Odilov, Shahzod Toirov, Davron Anvarov (Abdurauf Bo‘riev, 46)

Ogohlantirishlar: Umar Athamzoda, 49, Akbar To‘raev, 90 – Shaxzod Toirov, 44, Muhammadali G‘iyosov, 87, Eldorbek Begimov, 90+2.

mib
cola
apex
bmb