Futzal. Ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatlari

Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr oyidan e’tiboran futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2021/22-yilgi mavsumi start oladi.

“2021/22-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan futzal musobaqalari reglamenti” 10.1-bandida ko‘rsatilgandek, futzalchilarni musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yilning 2-avgustidan 2021-yilning 6-oktyabr kuniga qadar davom etadi. Qishki transfer oynasi esa 2022 yilning 17-yanvaridan shu yilning 12-fevraliga qadar ochiq bo‘ladi.

2021-yil 1-oktyabr kunidan 6-oktyabr kunigacha futzal bo‘yicha Oliy liga bahslarida qatnashuvchi jamoalar uchun tegishli hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatlari sifatida qayd etilgan.

 

Jamoalarning ro‘yxatdan o‘tish tartibi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1 oktyabr (9:00 — 13:00) — AGMK

1-oktyabr (14:00 — 18:00) — “Maksam-Chirchiq”

2-oktyabr (9:00 — 13:00) — “Dinamo”

2-oktyabr (14:00 — 18:00) — “Neftchi”

3-oktyabr (9:00 — 13:00) — “Navbahor”

3-oktyabr (14:00 — 18:00) — “Nasaf”

4-oktyabr (9:00 — 13:00) — “Metallurg”

4-oktyabr (14:00 — 18:00) — “Stroitel Zarafshon”

5-oktyabr (9:00 — 13:00) — “Lokomotiv”

5-oktyabr (14:00 — 18:00) — “Bunedkor”

6-oktyabr (9:00 — 13:00) — “Paxtakor”

6-oktyabr (14:00 — 18:00) — “HUAXIN-Jizzax”.

 

Bunda 7-oktyabr barcha futzal jamoalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni sifatida belgilanadi. Ya’ni, transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgan 6-oktyabrda tuzilgan mehnat shartnomalarini 7-oktyabr kuni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jamoalar dam olish kunlaridan tashqarida, aniqrog‘i, 1-oktyabr sanasiga qadar ham ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Oliy liganing yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi sanasiga tez orada aniqlik kiritiladi.

 

mib
cola
apex
bmb