U-18. “Sho‘rtan”da qoldirilgan o‘yindan yana uchta bor

18 yoshlilar chempionatida 11-turdan qoldirilgan bitta o‘yin o‘tkazildi.  Qo‘qonga safar uyushtirgan “Sho‘rtan” jamoasi  uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlardan 0:2 hisobida ortda qolayotgandi. Ikkinchi bo‘lim esa mehmonlarga ataldi. G‘uzorliklar “Qo‘qon-1912” darvozasiga ikkita to‘p kiritib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.  Shu tariqa “Sho‘rtan” qoldirilgan o‘yinlari sonini kamaytirmoqda.

 

U-18 Chempionati.

11-turning qoldirilgan o‘yini. 14 sentyabr, seshanba

 

QO‘QON-1912 – ShO‘RTAN – 2:2 (2:0)

Qo‘qon. BO‘SM-2 maydoni. 78 tomoshabin.

Hakamlar: Shaxboz Vahobjonov, Abubakir Hasanov, Maqsad Esonqulov

Nazoratchi: Erkinjon  O‘rinov

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gollar: Ayubxon Isaqov (16), Muhammadyusuf Turdaliev (45) – Azizbek Rashidov (50), Shohruh Sayfullaev (73-pen.)

Ogohlantirishlar: Nurjahon Esonboev (57) – Qodirxon Nodirshoev (35), Choriyor Tursunqulov (43), Azizbek Rashidov (59), Obodjon Axmatov (87)

mib
cola
apex
bmb