U-21. To‘rt o‘yinning birortasida ham mezbonlarning g‘alabasi kuzatilmadi

21 yoshlilar chempionatida to‘rtta uchrashuv o‘tkazildi. E’tiborni tortadigani, to‘rt uchrashuvdan birortasida ham mezbon jamoaning g‘alabasi qayd etilmadi. “Turon” “Navbahor”ga bitta to‘p farqi bilan engilib, o‘zidan bir pog‘ona yuqorilashiga yo‘l qo‘yib berdi. “Qizilqum” ham o‘z maydonida turnir jadvali peshqadami AGMKdan mag‘lubiyatga uchradi. Safardan uch ochko “ishlab olgan” olmaliqliklar etakchilik mavqeini ancha yaxshilab oldi. “Mash’al” “So‘g‘diyona” bilan, “Bunyodkor” esa “Lokomotiv” bilan ochko ulashdi.

 

U-21. 19-tur.

19 sentyabr, yakshanba

 

TURON – NAVBAHOR – 0:1 (0:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 15 tomoshabin.

Hakamlar: Davron Akmalov, Azizbek Isoqov, Axrorbek Rahmatov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gol: Husain Ergashboev, 68 (0:1)

Ogohlantirishlar: Muhammadjafar Usmonov, 40, Islombek Ismoilov, 75 (bosh murabbiy), Elnurbek Turg‘unov, 80 – Mirzohid Mirzamahmudov, 9, Dostonbek Abdulxaev, 90+3.

Chetlatish: Islombek Ismoilov, 75 (bosh murabbiy, ikkinchi sariq) – yo‘q.

 

QIZILQUM -  AGMK – 1:2 (1:1)

Navoiy. “Yoshlik” stadioni.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Jasur Rustamov, Amal Sultonov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Shaxzod Turopov, 17 (1:0), Sanjar Jumaboev, 39 (1:1), Boburbek Sobirov, 57 (1:2)

Ogohlantirishlar: Husan Rasulov, 38, Vladislav Aleksin, 73, Timur Nabiev, 82 – Sunnatillo Abdug‘aniev, 87.

 

20 sentyabr, dushanba

 

MASh’AL – SO‘G‘DIYoNA – 1:1 (1:0)

Muborak. “B.Vafoev” nomli stadion kichik maydoni. 62 tomoshabin.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Artem Kalinin, Farhod Usmonov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Abdumalik Norqobilov, 45+1 (1:0), Sunnatjon Sobirjonov, 90+3 (1:1)

Ogohlantirishlar: Abdumalik Norqobilov, 18, Hakimjon Boboqulov, 51, Murodjon Shamsiddinov, 69 – Nurmuhammad Sayimnazarov, 49.

 

BUNYoDKOR – LOKOMOTIV -  0:0

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Daniil Yatsenko, Aleksandra Konchikova

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov

Komissar: Vladimir Nazarov

Ogohlantirish: Ulug‘bek Raimov, 22 – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb