Birinchi liga. “Zomin” “qochishdan”, “G‘ijduvon” va “Navbahor-Farm” esa “quvishdan” “tiyilmayapti”

Birinchi liganing 19-turi  nihoyasiga etdi. To‘rt  uchrashuvdan  uchtasida yirik natijalar qayd etildi. O‘z maydonida “Zomin” “Lokomotiv-BFK”ni, “Paxtakor-79” esa “Neftgazmontaj”ni katta farqlar bilan engan bo‘lsa, “Lochin” maydoniga tashrif buyurgan “Bunyodkor-Farm” mezbonlar darvozasiga javobsiz beshta gol kiritib, turnir jadvalida raqiblaridan sakrab, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayniqsa, chempionat autsayderi “Jizzax-Bars”ning safarda “Jomboy” ustidan erishgan g‘alabasi kutilmagan hol bo‘ldi.  Umuman olganda, turnir jadvalida to to‘qqizinchi pog‘onaga qadar jamoalar bir-birlaridan atigi uch yoki to‘rt ochkoga farq qilayotganligi ligada “navbatchi” o‘yinlarning o‘zi yo‘qligidan dalolat beryapti.

 

U-21. 19-tur.

19 sentyabr, yakshanba

 

JOMBOY – JIZZAX-BARS – 1:2 (1:1)

Jomboy. “Jomboy” stadioni.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Nazoratchi: Igor Xudaydatov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Musurmonqul Orziqulov, 19-o‘z darv.(1:0), Fazliddin Abduvaliev, 43 (1:1), Javohir Xayrullaev, 90+1 (1:2)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

Chetlatish: Berdiyor Abdurashidov, 15 – yo‘q.

 

ZOMIN – LOKOMOTIV-BFK – 5:1 (4:0)

Zomin. “Zomin” markaziy stadioni.

Hakamlar: Komiljon Rasulov, Shavkat Rahmatov, Aleksandr Burov

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Muhammad Odilov, 6 (1:0), Jonibek Ko‘chimov, 25 (2:0), Jonibek Ko‘chimov, 36 (3:0), Muhammad Odilov, 44 (4:0), Abdujabbor Zuhriddinov, 53 (4:1), Sunnatulla Rustamov, 56 (5:1)

Ogohlantirishlar: Jahongir Ismoilov, 40 – Yashnar Rahmonov, 14, Diyorbek Inomov, 87.

 

 PAXTAKOR-79 – NEFTGAZMONTAJ – 3:0 (0:0)

Uychi. “Paxtakor” stadioni.

Hakamlar: Xushnudbek Suyunboev, Daler Tilloev, Hasan Nabiev

Nazoratchi: Anvar O‘rinov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Rahim Sharipov, 49 (1:0), Orifjon Yusupov, 62 (2:0), Hayotbek Sotivoldiev, 90+4 (3:0)

Ogohlantirishlar: Hayotbek Sotivoldiev, 13, Orifjon Yusupov, 20 – Farruh Pardaev, 30, Sherzod Rixsiboev, 67.

 

LOChIN – BUNYoDKOR-FARM – 0:5 (0:1)

Chirchiq. O‘zDJTSU stadioni.

Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Nikita Afinogenov,Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Abbosxon Ahrorov.

Gollar: Shaxzod Akbaraliev, 7 (0:1), Aram Markaryan, 60 (0:2), Farhod O‘tkirov, 72 (0:3), Shamshod Isroilov, 80 (0:4), Amir Rahmatullaev, 83 (0:5)

Ogohlantirishlar: Davron Mamatov, 25, Abdulaziz Jo‘raev, 65 – Rixsixo‘ja Ahmadxo‘jaev, 11, Farhod O‘tkirov, 67, Zafar Tursunov, 86.

mib
cola
apex
bmb