Coca-Cola Superliga. “Andijon” “Paxtakor”ning yarim yillik an’anasiga chek qo‘ydi

Coca-Cola Superliganing 19-tur o‘yinlari start oldi. Bugun belgilangan ikkita o‘yin o‘tkazildi va har ikkalasida ham kutilmagan natijalar qayd etildi. O‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgan “Andijon” mavsum startidan buyon hali “kuragi erga tegmagan” “Paxtakor”ni birinchi bo‘lib mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. Autsayder jamoa peshqadam, amaldagi chempion, bu yilgi chempionlik masalasini ham deyarli hal qilib ulgurgan  “Paxtakor”dan uch ochko ola bildi va bir kunga bo‘lsada autsayderlik maqomini “Turon”ga topshirdi. Ikkinchi o‘yinda ham mehmonlarning g‘alabasi kamdan-kam muxlisu-mutaxassis tomonidan bashorat qilingandi. Ivan Yosovich tomonidan penaltidan kiritilgan gol qo‘qonliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.   

 

 

Coca-Cola Superliga. 19-tur

19 sentyabr, yakshanba

 

ANDIJON – PAXTAKOR - 1:0 (1:0)

Andijon. "Bobur Arena".

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Husniddin Shodmonov, Timur Galeev, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Alisher Fayziev

Gol: Farhodjon Sohibjonov, 25 (1:0)

"Andijon":  Eldor Adhamov,  Sardorbek Hursandov, Azamat Isroilov (Abdulxay Ismoilov, 79), Abduvohid G‘ulomov, Bahtiyorjon Qosimov, Pavel Zabelin (Sherzod G‘ulomjonov, 90+1), Vasiliy Sovpel, Farhod Sohibjonov (Diyorbek Raximqulov, 86), Abdug‘ani Kamolov (Ibrohimjon Otaxonov, 90+1),  Muhammadkarim Toirov, Plamen Dimov

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboev (Dostonbek Hamdamov, 46), Dragan Cheran, Boyan Matich (Sherzod Temirov, 75), Marlen Chobanov, Sardor Sobirxo‘jaev (Abrorbek Ismoilov, 46), Diyor Xolmatov (Hojimat Erkinov, 46), Farruh Sayfiev (Sharof Muhitdinov, 75)

Ogohlantirishlar: Baxtiyorjon Qosimov, 51, Farhodjon Sohibjonov, 74 – Xojiakbar Alijonov, 87.

 

METALLURG – QO‘QON-1912 - 0:1 (0:0)

Bekobod. "Metallurg" stadioni.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gol: Ivan Yosovich, 70-pen. (0:1).

"Metallurg": Akmal Tursunboev, Odilbek Abdumajidov, Salamat Kutibaev,  Shahzodbek Nurmatov (Ivan Nagaev, 67), Shahzodbek G‘ofurbekov,  Stanislav Andreev, Akbarjon Ismatullaev, Muhammad Isaev (Zohid Abdullaev, 79),  Farruhjon Ibrohimov, Abdurahmon Abdulhaqov (Abrorbek Toshqo‘ziev, 67), Damir Temirov (Dilshod Rahmatullaev, 79)

"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Bobirjon Akbarov, Ilhomjon Vahobov, Slavko Lukich, Asadbek Sobirjonov, Mo‘minjon Meliev (Shohnazar Norbekov, 55, Farhodbek Bekmurotov, 85), Oybek Rustamov, Anvarjon Xojimirzaev (Hamidullo Abduhamidov, 55), Iqboljon Malikjonov, Muhammadanas Hasanov (Sardorbek Azimov, 79), Ivan Yosovich

Ogohlantirishlar: Akbarjon Ismatullaev, 69 -  Asadbek Sobirjonov, 90+3, Muzaffar Abdullaev, 90+5.

 

mib
cola
apex
bmb