O‘zbekiston U-14 chempionati startiga sanoqli kunlar qoldi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga va Pro liga musobaqalaridan tashqari, unda ishtirok etuvchi futbol jamoalari qoshidagi musobaqalarni ham tashkil qilishi sir emas.

Biz hozirgacha U-21 chempionati orqali Superliga klublarining asosiy tarkibiga kirish uchun nomzodlarni sinovdan o‘tkazish uchun musobaqa tashkil qilamiz. 2021-yilgi mavsumdan boshlab U-18 chempionatini yangi bosqichga olib chiqdik va unda Superliga hamda Pro liga klublari jamoalari birgalikda ishtirok etishi yo‘lga qo‘yildi. Musobaqada Pro liga vakilining etakchilik qilayotgan, shuningdek, dastlabki o‘n o‘rindan Pro liganing 4 ta klubi joy olgani ham jamoalar saviyasi bir-biriga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatadi. 

Endilikda O‘zPFL oktyabr oyida O‘zbekiston U-14 chempionatini hamda noyabr oyida O‘zbekiston U-16 chempionatini o‘tkazadi. Mazkur musobaqalarda Superliga va Pro liga klublari tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zPFL so‘nggi yillardagi faoliyati orqali mamlakat futboli rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan “Odil junior” jamoasi uchun ham o‘z eshiklarini ochgan.

U-14 chempionatida jami 20 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi: “Bunyodkor”, “Qizilqum”, “Qo‘qon-1912”, AGMK, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Turon”, “Surxon”, “Metallurg”, “Andijon”, “Mash’al”, “Lokomotiv”, “Neftchi”, “Dinamo”, “Xorazm”, “Nurafshon”, “Aral samali”, “Odil junior”. Ular qur’a yordamida 5 ta guruhga ajratiladi. Har bir guruh g‘olibi, shuningdek, guruhlar yakuniga nisbatan yaxshiroq natija qayd etgan 3 ta 2-o‘rin egalari ¼ finalda to‘p surish huquqini qo‘lga kiritadi.

Musobaqaga qur’a 30-sentyabr kuni soat 12:00 da tashlab beriladi va jarayon YouTube kanalimiz orqali jonli efirga olib chiqiladi. Shuningdek, futbol uchrashuvlari ham YouTube orqali onlayn translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Futbol klublari o‘zlarining ertangi kuni bo‘lgan davomchilariga qanday munosabatda ekanini bilishni istovchilarni musobaqani birgalikda tomosha qilish uchun taklif etamiz.

 

mib
cola
apex
bmb