Ayollar futboli. Birinchi liga. AGMK-2 “Neftchi”dan “qasdini” oldi

Andijon shahrida ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing 7 va 8-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Urganchning “To‘maris” jamoasi moliyaviy sabablar bilan musobaqaga etib kela olmagani uchun uning ishtirokidagi ikkita o‘yinga texnik mag‘lubiyat yozildi, “Dinamo” va “Andijon” jamoalariga esa uch ochkolik texnik g‘alabalar taqdim etildi. 8-turda etakchilar – AGMK-2 va “Neftchi” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Bu jamoalarning birinchi davradagi bahsida farg‘onaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi, bu gal esa olmaliqliklar asosiy raqibidan munosib “o‘ch” olishdi – 3:1. “Neftchi”ning “Dinamo” (0:0) hamda AGMK-2ning “To‘maris” (1:1) bilan durang natijalari ham bor. Faqat to‘plar nisabatiga ko‘ra AGMK-2 jamoasi ayni paytda turnir jadvalining peshqadamiga aylanib oldi.

 

Ayollar futboli. Birinchi liga.

8-tur. 16 sentiyabr, payshanba. Andijon.

 

AGMK-2 – NEFTChI – 3:1 (2:1)

Hkamlar: Lochin Dolimov, Abdulhamid Abduraimov, Oyatullo Hakimov

Nazoratchi: Muzaffar Mamedov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Leyla Oraniyozova (12, 22), Aygerim Otenazarova (67) – Sitora Nishonova (17)

Ogohlantirish: Leyla Oraniyozova (46) – yo‘q.

 

DINAMO – SURXON – 4:0 (1:0)

Hakamlar: Xushnud Suyunboev, Abdulhamid Abduraimov, Shohruh Akramov

Nazoratchi: Toir Nizomov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Shahrizoda Xikmatova (11-pen., 67-pen.), Zarina Xayrullaeva (60, 78)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Lobar Karimova (45), Xolida Chorieva (55)

Chetlatish: Zarina Jumaqulova (16) – Muhabbat Hamdamova (16).

mib
cola
apex
bmb