U-21. “Nasaf” ikkinchi bor kuchlilar safiga qaytdi

21 yoshlilar musobaqasining 18-turiga yakun yasaldi. Bugungi  o‘yinlar mezbonlarga ataldi. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvda Ali Abdurahmonov “qahramon” bo‘ldi – gol urdi, penaltini amalga oshira olmadi, bu ham etmagandek sariq kartochkaga “ishladi”. “Nasaf” “Qizilqum”ni 4:2ga yutdi, to‘rt goldan uchtasini Shaxboz Nuriddinov kiritib, chinakam qahramonlik ko‘rsatdi. Mazkur g‘alaba evaziga qarshiliklar ikkinchi bor kuchlilar safiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Turnir jadvalida “Andijon” bilan bir xil ochko to‘plab, autsayderlik qilayotgan “So‘g‘diyona” nihoyat kuchli raqib “Bunyodkor” ustidan ustunlikka erishib, ochkolari sonini oshirib oldi.   

 

U-21. 18-tur.

15 sentyabr, chorshanba

 

LOKOMOTIV – SURXON – 3:0 (0:0)

Toshkent. TTYMI stadioni.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi:  Timur Abdullaev

Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Anvarjon Alijonov, 51 (1:0), Ali Abdurahmonov, 67 (2:0), Javohir Abdualimov, 89 (3:0)

Amalga oshirilmagan penalti: Ali Abdurahmonov, 2 (“Lokomotiv”)

Ogohlantirishlar: Ali Abdurahmonov, 45+1, Abdulloh Yo‘ldoshev, 84 – Muhammad-Ali Abdurahmonov, 45, Otabek Mustafoqulov, 84.

 

SO‘G‘DIYoNA – BUNYoDKOR – 1:0 (1:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” FK qarorgohi maydoni.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Feruz Dostonov, Bexruz Berdibekov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Sahob Rashidov, 14 (1:0)

Ogohlantirishlar: Nodirjon Orziqulov, 51, Iskandar Toshmurodov, 80 – Islom Karimov, 67, Muzaffapr Olimjonov, 76

Chetlatish: Iskandar Toshmurodov, 90+2 (ikkinchi sariq) – Islom Karimov, 90+3 (ikkinchi sariq).

 

NASAF – QIZILQUM – 4:2 (0:1)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Shamsiddin Sagdullaev, 38 (0:1), Shaxboz Nuriddinov, 49-pen. (1:1), Shaxboz Nuriddinov, 67 (2:1), Zafarmurod Abdurahmatov, 75 (3:1), Husan Rasulov, 77 (3:2), Shaxboz Nuriddinov, 86 (4:2)

Ogohlantirishlar: Jasur Jumaev, 45 – Shaxzod Turopov, 68.

mib
cola
apex
bmb