U-21. “Metallurg”ga so‘nggi daqiqada omad kuldi

21 yoshlilar chempionatida navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida “jon saqlayotgan” “Andijon” “Metallurg”ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda o‘z darvozasidan mag‘lubiyatga eltuvchi golni o‘tkazib yubordi. “Paxtakor” esa hisobda oldinda bordi, lekin yakunda durangga “rozi” bo‘ldi. Turnir jadvali peshqadami AGMK muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi. Olmaliqliklar kuchli uchlikka yaqinlashayotgan “Turon” jamoasini ikkita to‘p farqida mag‘lubiyatga uchratdi.

 

U-21. 18-tur.

14 sentyabr, seshanba

 

ANDIJON – METALLURG – 1:2 (0:0)

Andijon. BO‘FM maydoni.

Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar:Muhriddin Salohiddinov, 72 (0:1), Sardorbek Karimov, 73 (1:1), Salohiddin Ergashev, 90+3 (1:2)

Ogohlantirishlar: Izzatillo Abdulxaqov, 40, Aslbek Aysarov, 67, Husanboy Tojiboev, 85 – Farruhbek Xojibekov, 35, Diyorbek Shavqiev, 40, Salohiddin Ergashev, 43, Abror Sarimsoqov, 56, Shamshod Subxonov, 65.

 

PAXTAKOR – NAVBAHOR – 1:1 (0:0)

Qibray. “Qibray” stadioni.

Hakamlar: Rustam Choriev, Ziyoviddin Erkinov, Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Humoyunmirzo Iminov, 47-pen. (1:0), Husayn Ergashboev, 70 (1:1)

Ogohlantirishlar: Shaxzod Azmiddinov, 44 – Jahongir Tursunov, 23, Sodiqjon Ortiqov, 28, Shohruh  Mahmud xojiev, 81, Murodjon Adashboev, 85.

 

AGMK – TURON – 3:1 (3:0)

Olmaliq. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Ilya Ilin, Husniddin O‘rolov, Ilhom Abdulakov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Jasurbek Umarov, 3-pen. (1:0),  Saidafzalxon Axrorov, 8-o‘z darv. (2:0), Jasurbek Umarov, 34 (2:0)

Ogohlantirishlar: Nodirbek Abdurazzoqov, 12, Zohidjon Rahimov, 83 – Saidafzalxon Axrorov, 31.

mib
cola
apex
bmb