“Qo‘qon-1912” va “Mash’al” jamoalari o‘yini bilan Superliganing 18-turiga start berildi. Ikkala jamoaning bugun qayd etadigan natijasi turnir jadvalida na o‘zaro o‘yiniga va na umumiy ko‘rinishga ta’sirini ko‘rsatmas edi, faqat ochkosini oshirish-u, keyingi turlarga vaziyatini yaxshilash, “xavfli hudud”ga tushib qolmaslik imkoniyatini berardi. Aksiga olib uchrashuvda durang qayd etildi. Maydon egalari har safar hisobda oldinga chiqib olgandi, biroq mehmonlar har gal hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘laverdi. Ayniqsa, uchrashuvga qo‘shib berilgan qo‘shimcha vaqtning so‘nggisida muborakliklar tomonidan kiritilgan gol maydon egalari uchun uch ochkoni “yo‘qotish”, mehmonlar uchun bir ochkoni “ishlab olish” dek gap bo‘ldi.
Coca-Cola Superliga. 18-tur
14 sentyabr, seshanba
QO‘QON-1912 – MASh’AL - 2:2 (2:1)
Qo‘qon. “Markaziy” stadion.
Hakamlar: Elyor Tursunov, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Lochinbek Dolimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistenti: Timur Galeev
VAR operatori: Sherali Jonaliev
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: Anvarjon Xojimirzaev, 13 (1:0), Jamoliddin Ubaydullaev, 20 (1:1), Mo‘minjon Meliev, 36 (2:1), Jamoliddin Ubaydullaev, 90+4 (2:2)
"Qo‘qon-1912": Hurshid Xo‘jaev, Bobirjon Akbarov, Ilhomjon Vahobov, Slavko Lukich, Asadbek Sobirjonov (Avazxon Mamatxo‘jaev, 88), Mo‘minjon Meliev (Andrey Sidorov, 67), Oybek Rustamov, Anvarjon Xojimirzaev (Yakuba Bamba, 71), Iqboljon Malikjonov, Muhammadanas Hasanov (Sardorbek Azimov, 71), Ivan Yosovich
"Mash’al": Botir Nosirov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani (Shahzod Shaymanov, 46), Oybek Nurmatov (Samuel Ononivu, 72), Chika Okvara, Jamoliddin Ubaydullaev, Qahramon Bahodirov (Sirojiddin Allaev, 85), Hudoyorxon Sagdullaev (Ruslan Xojiev, 82), Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Muhammad Yo‘ldoshev (Zafarbek Akramov, 72)
Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov, 50 – Iveani Ifeani, 18.