“So‘g‘diyona” futbol klubining yangi qarorgohi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-sentyabr kuni “So‘g‘diyona” futbol klubining yangi qarorgohi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ishga tushirilgan yangi qarorgohda klub futbolchilari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, unda futbolchilar yashashi uchun yotoqxonalar, trenajyor zali, suv havzasi, anjumanlar zali, umumiy dam olish xonasi mavjud. Qolaversa, turli yosh toifasidagi jamoalar mashg‘ulotlar olib borishi, shuningdek, U-21 tarkibi hamda ayollar jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazishi uchun yaxshi darajadagi maydon ham barpo etildi.

Qayd etish joiz, xuddi “Bunyodkor” va “Nasaf” klublari tizimidagi kabi turli yosh toifalaridagi jamoalarni tarbiyalash, ularga mashg‘ulotlar o‘tash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni muhayyo qilish ishlari Jizzax klubida ham yo‘lga qo‘yilayotgani barchani birdek xursand qiladi.

Shu asnoda 2022-yilda Jizzax shahrida “So‘g‘diyona” akademiyasi qurilishini tamomlash ham rejalashtirilgan. Qurilish ishlari joriy yilning 2-avgust kunidan boshlangan bo‘lib, yangi akademiyada 100 nafar bola 5 ta yosh toifasida shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

mib
cola
apex
bmb