Coca-Cola Superligada avgust oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan avgust oyida Superligada 3 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 3 g‘alaba

Bahrom Haydarov (“Surxon”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Viktor Jalilov (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat


Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Ibrohim Gbadamosi Tomiva (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 2 assist

Mate Vatsadze (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 2 gol

Husniddin Aliqulov (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 1 gol, 40 yakkakurashda ustunlik, 15 bor to‘pga ega chiqish

Farruh Ikromov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 3 gol, 1 assist

Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”) – 3 o‘yin, 2 gol

Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist

O‘tkir Yusupov (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 6 seyv


Avgust oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Vladislav Vasilyev (“Andijon” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)

Giorgi Kuxianidze (“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912”)

Samuel Ononivu Chigozi (“Metallurg” – “Mash’al”)

Diyor Rahimqulov (“Andijon” – “Bunyodkor”)

Bilolxon Toshmirzayev (“Lokomotiv” – “Turon”)

Kosta Guttiner (“Nasaf” – “Navbahor”).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.

O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi.

Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali avgust oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

mib
cola
apex
bmb