Osiyo futbol konfederatsiyasi klublar musobaqalari reytingini yangiladi

Bilasiz, OFK qit’a miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalarning natijalari asosida a’zo mamlakatlar uchun klublar musobaqalari reytingini shakllantirib boradi. Yakunda mana shu reyting asosida mamlakatlarga OChL yoki OFK kubogi uchun yo‘llanmalar taqsimlanadi.

OFKning 2017-yil 15-dekabrdagi tsirkulyarida belgilangani kabi klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingiga asoslandi va bunda milliy terma jamoa natijalari 10 foiz ulushni, klublarning OFK musobaqalaridagi natijalari esa 90 foiz ulushni tashkil etdi.

OFKning klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingi qit’a chempionlar ligasi hamda OFK kubogida mamlakatlar klublarining muvaffaqiyatli ishtirokiga qarab yangilab boriladi.

Qayd etish joiz, joriy yil Osiyo miqyosida 3 ta klubimiz xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qildi. Jumladan, “Paxtakor” va AGMK OChLda qatnashgan bo‘lsa, “Nasaf” hamon OFK kubogida zafarli yurishini davom ettirmoqda.

“Paxtakor” va AGMK OChLda 7 tadan ochko jamg‘arishdi. Jami 14 ochko 2 ta qatnashchi jamoa nisbatiga bo‘linganida OChLdagi ballar soni 7tani tashkil qilmoqda. Bunga, shuningdek, AGMKning pley-offdagi g‘alabasi uchun 0.6 ball ham qo‘shiladi.

“Nasaf” esa OFK kubogida hamon muvaffaqiyatli odimlamoqda va reytingga ballar qo‘shishda davom yetmoqda. Guruh bosqichidagi g‘alabalar uchun mazkur musobaqada 1.43 balldan jamg‘arish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, keyingi bosqichda “Nasaf” g‘alaba uchun 2.5 va ishtirok uchun 0.5 qo‘shimcha ballarga ega bo‘ldi.

Shu tariqa, 31-avgust holatiga ko‘ra, OFK klublar musobaqalari reytingida O‘zbekiston 33.22 ball (jami – 63.701) jamg‘argan holda qit’a bo‘yicha 7-pog‘ona, G‘arb mintaqasida Saudiya Arabistoni, Eron va Qatardan so‘ng 4-o‘rinda bormoqda. Bu esa agar yil so‘ngiga qadar reytingda katta o‘zgarishlar yuz bermasa, 2023-yilda OChLda 2+2 kvotaga ega bo‘lishi mumkinlgini anglatadi. Ushbu reytingni tuzishda pandemiya sabab ayrim musobaqalar bekor qilingan 2020 yil natijalari inobatga olinmaydi va reyting 2018 (9.4 ball), 2019 (9 ball) va 2021-yil asosida tuziladi.

Quvonarli jihati shundaki, “Nasaf” agar OFK kubogida finalga qadar yetib borib, bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, reytingdagi natijalarimiz yaxshilanishi ehtimoli mavjud. Yakuniy reyting yil so‘ngida e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joiz, OFK klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingidan kelib chiqqan holda yo‘llanmalarni taqsimlab chiqadi. Qaysidir a’zo mamlakat assotsiatsiyasi klublari biror sabab bilan (masalan, litsenziyalashdan o‘ta olmay) qit’a miqyosidagi musobaqalardan chetlashtirilsa, yo‘llanmalar sonida o‘zgarishlar bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas.

mib
cola
apex
bmb