Coca-Cola Superliga. “Lokomotiv” uch pog‘ona yuqoriladi

Coca-Cola Superliganing 16-tur doirasida navbatdagi o‘yin o‘tkazildi. “Lokomotiv” “Turon”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Aslida uchrashuvda mehmonlar hisobni ochishgandi – Bilolxon Toshmirzaev maydon markazidan darvozabonning oldinga chiqib ketganligini payqab, to‘pni uning ustidan oshirib darvoza to‘riga yo‘llagandi. Biroq yaypanliklar bu hisobni saqlab qola olishmadi, aksincha, o‘yin oxirigacha o‘z darvozalaridan uchta gol o‘tkazib yuborishdi. “Temiryo‘lchilar” mazkur g‘alabasi bilan turnir jadvalida uch pog‘ona yuqorilab, o‘ninchi o‘rindan ettinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

 

Coca-Cola Superliga. 16-tur

27 avgust, juma

 

LOKOMOTIV – TURON - 3:1 (1:1)

Toshkent. “Lokomotiv” stadioni.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

VAR assistent: Timur Gaynullin

VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Bilolxon Toshmirzaev, 30 ( 0:1). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 41-pen. (1:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 71, (2:1), Azizbek Amonov, 77 (3:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Azizbek Amonov, 48.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullaev, 46), Javohir Sidiqov ( Islom Rashidxanov, 80), Temurxo‘ja Abduxoliqov,  Sanjar Qodirqulov, Jasurbek Jaloliddinov (Azizbek Amonov, 46),  G‘ulom Haydar G‘ulomov (Shuhrat Muhammadiev, 76), Sherzod Fayziev,  Diyorjon Turopov, Xurshidbek Muhtorov (Jaloliddin Jumaboev, 46)

"Turon":  Nizomiddin Ziyovutdinov, Asliddin Toshtemirov,  Sunnatilla Abdullajonov (Doniyor Ismoilov, 64), Sunnatilla Ermatov (Humoyun Murtozaev, 64),  Ixtiyor Toshpo‘latov (Sardor Abduraimov, 70), Muzaffarjon Muzaffarov, Fozil Musaev (Boyong Kim, 88), Vladislav Kasminin, Abdulazizxon Abdurashidov, Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev

Ogohlantirishlar: Sadriddin Abdullaev, 69, Islom Rashidxonov, 87, Azizbek Amonov, 90+3 – Vladislav Kasminin, 40, Asliddin Toshtemirov, 47, Muzaffarjon Muzaffarov, 87.

 

mib
cola
apex
bmb