O‘zPFL “Olimpik” bosh murabbiyi Temur Kapadzeni rasman ogohlantirdi

“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 17.17-bandida jamoa bosh murabbiyi texnik zonada shippak, short hamda engsiz futbolkada bo‘lishi taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga qaramay, “Olimpik” bosh murabbiyi Temur Kapadze Pro liga 16-turidan o‘rin olgan “Aral samali” klubiga qarshi uchrashuv vaqtida texnik zonada short bilan harakat qilgan. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh murabbiylar texnik zonada o‘zlari uchun qulay bo‘lgan libosdan foydalanishlari mumkin ekanligini eslatib o‘tadi va bunda Reglamentda keltirilgan bandlarni ham hurmat qilishga chaqiradi. Shundan kelib chiqib, Temur Kapadze faoliyat olib borayotgan klub rasman ogohlantirildi. Mazkur holat nafaqat “Olimpik”, balki boshqa klub bosh murabbiyi tomonidan takrorlangan taqdirda, o‘sha mutaxassisga nisbatan jarima sanktsiyasi qo‘llaniladi.

mib
cola
apex
bmb