“So‘g‘diyona” akademiyasi qurilishi boshlandi

“So‘g‘diyona” futbol klubi o‘z akademiyasi qurilish ishlarini boshlab yubordi. 

Joriy yilning 2-avgust kunidan boshlab akademiya uchun foydalaniladigan binolar qayta rekonstruktsiya qilish jarayoni va maydon hozirlash ishlari start oldi. Hozirda qurilish jarayoniga 150 nafar ishchi jalb etilgan.

Akademiya Jizzax shahri “Qipchoq” mahallasida qad rostlaydi va unda bir vaqtning o‘zida 100 nafar bola 5 ta yosh toifasida shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“So‘g‘diyona” akademiyasi 2022-yil oxiriga qurib bitkazilishi rejalashtirilmoqda.

 

 

mib
cola
apex
bmb