Coca-Cola Superliga. “Navbahor” g‘alabasiga 95 daqiqa kerak bo‘ldi

Coca-Cola Superliganing 15-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Uch kunga belgilangan turning so‘nggi kunida ikki o‘yin o‘tkazildi. “Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan g‘alaba qozonishi uchun  naqd 95 daqiqa kerak bo‘ldi. Aiqrog‘i, teng kurashlar sotida kechgan uchrashuvning bosh hakam qo‘shib bergan besh dqiqaning so‘nggi soniyalarida maydon egalari tomonidan kiritilgan to‘p o‘yin taqdirii hal etdi. Turnin jadvalida “Lokomotiv”dan pastda ketayotgan “Navbahor” ushbu g‘alaba evaziga “temiryo‘lchilar”ni “sakrab o‘tib”, ettinchi o‘ringa ko‘atrilib oldi. Yana bir o‘yin – AGMK va “Nasaf” jamoalari uchrashuvida durang natija qayd etildi.   Bu o‘yinning so‘nggi soniyalari mezbonlarning g‘alabasini qo‘ldan chiqardi. 1:0 hisobida oldinda borayotgan olmaliqliklar bosh hakam qo‘shib bergan uch daqiqaning ikkinchisida qarshiliklar tomonidan gol o‘tkazib yuborishdi va uch ochkolik yutuqning ikki ochkosidan mahrum bo‘lishdi...

 

Coca-Cola Superliga. 15-tur

15 avgust, yak shanba

 

NAVBAHOR – LOKOMOTIV - 1:0 (0:0)

Namangan. “Markaziy” stadion.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov

VAR hakami: Axrol Risqullaev

VAR assistent: Ziyodullo Abdurahmonov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.

Gol: Ibrohim G‘anixonov, 90+5 (1:0).

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Azimjon Ahmedov (Ilhomjon Alijonov, 90+2), Ivan Solovyov, Quvondiq Ro‘ziev (Sardor Telyakov, 71), Ehsoni Panshanbe, Kosta Guttiner (Ibrohim G‘anixonov, 58), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Boyan Naydenov, 17.

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmaev, 70),  Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov (Javohir Sidikov, 70), Jaloliddin Jumaboev, G‘ulom Haydar G‘ulomov,  Shuhrat Muhammadiev, Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov

Ogohlantirishlar: Azimjon Ahmedov, 40 -  Jaloliddin Jumaboev, 24, Azizbek Amonov, 85.

 

AGMK — NASAF - 1:1 91:0)

Olmaliq, OKMK sport majmuasi.

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, G‘ayrat Jo‘raev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Yovan Jokich, 28 (1:0), Husniddin Aliqulov, 90+2 (1:1).

Amalga oshirilmagan  penalti: Marko Stanoevich, 17 (“Nasaf”).

AGMK: Valijon Rahimov,  Akromjon Komilov,  Mirjamol Qosimov (Sanjar Tursunov, 68), Sardor Rahmonov, Abbosjon Otaxonov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sanjar Shoahmedov, Yovan Jokich (Dilshod Jo‘raev, 85),  Martin Boake (Zafar Polvonov, 79),  Shohruh Gadoev (Murodjon Toshmatov, 68), Elvin Fortes (Husniddin G‘ofurov, 68)

"Nasaf": Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev (Alibek Davronov, 83), Doniyorjon Narzullaev (Husain Norchaev, 46),  Jo‘rabek Mannonov (Dilshod Saitov, 46),  Suhrob Nurulloev,  Akmal Mozgovoy (Shohmalik Komilov, 83), Oybek Bozorov, Marko Stanoevich   (Abubakr Rizo Turdialiev, 83), Umarbek Eshmurodov, Andriya Kaluderovich.

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov, 17, Akromjon Komilov, 77 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb