Coca-Cola Superliga. “Turon”da ikkinchi g‘alaba, “So‘g‘diyona”da esa ikkinchi mag‘lubiyat

Coca-Cola Superliganing 15-tur doirasida ikkinchi kun o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mavsum boshidan buyon  atigi bir marotaba g‘alaba qozongan “Turon” 15-turga kelib o‘zining ikkinchi muvaffaqiyatini nishonladi – o‘z maydonida  “So‘g‘diyona”ni mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborli jihati, turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda borayotgan jizzaxliklar esa shu turga kelib o‘zining ikkinchi mag‘lubiyatini aynan “Turon”dan  qabul qildi.  Mag‘lubiyatsiz oltinchi uchrashuvini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan “Qizilqum” bu gal ham an’anasiga sodiq qoldi. Ikki bor hisobda oldinda borgan navoiyliklar yakunda durangga rozi bo‘lishdi. Vaholanki, mezbonlarda uchinchi bor hisobda oldinga chiqish imkoniyati bor edi, biroq penaltidan foydalana olishmadi...

 

Coca-Cola Superliga. 15-tur

14 avgust, shanba

 

TURON – SO‘G‘DIYoNA - 1:0 (1:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Axrol Risqullaev

VAR assistent: Maksim Nexochin

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Fozil Musaev, 24 (1:0)

"Turon": Nizomiddin Ziyovutdinov, Sunnatilla Abdullajonov (Doniyor Ismoilov, 80), Humoyun Murtozaev (G‘iyosjon Komilov, 86), Ixtiyor Toshpo‘latov (Kim Boyong, 63), Muzaffar Muzaffarov, Fozil Musaev, Vladislav Kasminin, Abdulazizxon Abdurashidov, Jahongir Mehmonov, Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev (Otabek Zokirov, 80).

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shaykulov, Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Jasurbek Hakimov, 76), Shahboz Jo‘rabekov (Darko Stanoevich, 76), Javohir Qahramonov, Bahodir Nasimov (Elyor Orifov, 46), Ergash Ismoilov (Asilbek Begimqulov, 55), Luka Chermel.

Ogohlantirishlar: Fozil Musaev, 16 – Ergash Ismoilov, 7, Elyor Orifov, 79.

 

QIZILQUM – QO‘QON-1912 - 2:2 (1:1)

Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Sanjar Shoyusupov Alisher Usmonov, Rustam Choriev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gol: Mate Vatsadze, 9 (1:0), Sardorbek Azimov, 40 (1:1), Giorgi Kuxianidze, 75 (2:1), Andrey Sidorov, 83 (2:2).

Amalga oshirilmagan penalti: Elguja Grigalashvili, 61

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Giorgi Kuxianidze, Mate Vatsadze, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Jasur Azimov (Behruz Sadilloev, 88), Islom To‘xtaxo‘jev, Elguja Grigalashvili (Vladislav Aleksin, 81), Oleg Tolmasov.

"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Bobirjon Akbarov, Slavko Lukich (Mo‘minjon Meliev, 79), Farhodbek Bekmurotov (Iqboljon Malikjonov, 11), Shohnazar Norbekov, Sardorbek Azimov (Avazxon Mamatxo‘jaev, 79), Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov (Suhrob Berdiev, 79), Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov, Yakuba Bamba (Andrey Sidorov, 83).

Ogohlantirishlar: Oleg Tolmatov, 43, Salim Mustafoev, 61, Fayzullo Qambarov, 66, Islom To‘xtaxo‘jaev, 81 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb