Ayollar. Oliy liga. “Sevinch” bosh sovrindan “uzoqlashyapti”

Ayollar oliy ligasi ham yozgi ta’tilni tamomlab, ikkinchi davranini 12-turdan davom ettirishdi. Bugun o‘tkazilgan besh o‘yindan faqat bittasida mehmonlarning g‘alabasi kuzatildi –“qaldirg‘ochlar”  poytaxt derbisida “sherlar”ning “kuragini erga tekkizishdi”. Bu  g‘alaba bilan turnir jadvali peshqadami “So‘g‘diyona”dan atigi ikki ochko ortda qolmoqda. Mamlakatning ko‘pkarra chempioni “Sevinch” esa bu mavsumda bosh sovringa da’vogarlar safidan uzoqlashmoqda. Qarshiliklar “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘lishdi va o‘z darvozalaridan javobsiz ikkita gol o‘tkazib yuborishdi. Jizzaxliklarning ikkinchi to‘piga o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jamoaning yangi vakilasi Maxliyo Sariqova mualliflik qildi. Maxliyo aslida “Sevinch” jamoasida tajriba orttirgan, yulduz bo‘lib porlagan, bir necha yil davomida jamoaning sardori bo‘lib harakat qilgan edi. Bugun esa “so‘g‘diyona” tarkibida sobiq jamoasini “jazolashga” hissa qo‘shdi. Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng “Sevinch” “So‘g‘diyona”dan to‘qqiz, “Bunyodkor”dan esa etti ochkoga farq qilyapti. AGMK o‘z maydonida  “Metallurg”dan, “Lokomotiv” esa “Navbahor”dan ustun keldi. Bitta uchrashuvdagina durang natija qayd etildi – “Qizilqum” – “Buxoro” – 2:2. Qiziq tomoni, mehmonlar uchrashuvning so‘nggi soniyalarida, buning ustiga penaltidan hisobni tenglashtirishga erishdilar.

 

Oliy liga. 12-tur

3 avgust, seshanba

 

LOKOMOTIV-W – NAVBAHOR-W – 1:0 (0:0)

Toshkent. TTYMI stadioni.

Hakamlar: Xushnud Suyunboev, Xabib Qodirov, Mohirabonu Muralieva

Nazoratchi: Shuxrat Bozorov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Dildora Ergasheva (79-pen.)

“Lokomotiv”: Kamila Yumangulova, Dinora Xudoynazarova, Zebiniso Xalimova, Gulzoda Saidova, Dildora Ergasheva, Fazilat Bahromova, Nodira Iskandarova, Oysara suyunova, Jasmina Abdug‘anieva, Omadxon Sultonova, Dinora Payziqulova (Laylo Tosheva, 30)

“Navbahor”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Madina Hikmatova, Nilufar Dadajonova (Nargiza Abdurasulova, 72), Zarina Xo‘jaeva, Tojiniso Rashidova, Sarvinoz Komiljonova, Muqaddam Abdullaeva, Marhabo Jo‘raboeva, Shohida Ergasheva, Gulnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova

Ogohlantirishlar: Dildora Ergasheva (62), Fazilat Bahromova (88) -  Tojiniso Rashidova (70), Madina Hikmatova (78).

 

PAXTAKOR-W – BUNYoDKOR-W – 1:5 (1:1)

Toshkent v. “Qibray” stadioni.

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Aziza Tatlimuratova

Gollar:Zumrad Nazarova (37) – Saida Galimova (13), Lyudmila Karachik (51, 63), Dildora Nozimova (75, 90)

“Paxtakor”: Zebiniso Avliyoqulova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko (Zuhra Bahriddinova, 70), Dinara Tagirova, Madina Vohidova, Lidiya Tsema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova (Malika Xalilova, 80), Maxzuna Abdukarimova, Ekaterina Salnikova, Zumrad Nazarova

“Bunyodkor”: Olga Qahhorova, Kamola Risqieva, Azizxon Bo‘ronbekova (Nozima Ergasheva, 72), Lyudmila Karachik (Gulchehra Eshmamatova, 90+5), Luiza Sadirova (Yulduz Nabieva, 90+5), Dildora Nozimova, Saida Galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova (So‘g‘diyona Allamurodova, 78), Aziza Norboeva, Ilvina Ablyakimova

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

AGMK-W – METALLURG-W – 2:0 (0:0)

Olmaliq. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Komila Zaripova (81),  Leyla Rustullaeva (90+4)

AGMK: Nilufar Qurbonalieva, Darina Fedosenko, Mardona Almatova, Komila Zaripova, Munisa G‘iyosova, Leyla Rustullaeva, Sevinch Qo‘chqorova, Shohida Tojiddinova, O‘g‘iloy Ilasheva, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva (Dinora Turg‘unova, 71, Leyla Otenazarova, 90+4)

“Metallurg”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova, Mohira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva (Durdona Alieva, 90+1), Setora Takabaeva, Aynur Daulbaeva (Barchinoy Eshmurodova, 74), Rushaniya Safina, Yulduz Hamdamova, Ro‘zixon Asqarova (Ozoda Xojieva, 82), Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova

Ogohlantirishlar: Darina Fedosenko (58), Komila Zaripova (75), Leyla Rustullaeva (77), Dinora Turg‘unova (90+3) – Setora Takabaeva (63), Rushaniya Safina (75).

 

SO‘G‘DIYoNA-W – SEVINCh – 2:0 (1:0)

Zomin. “Zomin” stadioni.

Hakamlar: Edita Mirobidova, Kristina Sereda, Gulshoda Saidqulova

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Diyora Xabibullaeva (34), Maxliyo Sariqova (90+3)

“So‘g‘diyona”: Kumushoy G‘ulomova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Nafisa Nabiqulova, Iroda Turdalieva, Rosacharne Periale, Maxliyo Sariqova, Fuseina Mumuni, Tanzilya Zarbieva, Xolida Dadaboeva, Diyora Xabibullaeva, Alberta Ahialiy (E’zoza Sharipova, 76)

“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Shodiya Tosheva, Shahrizoda Zaynitdinova (Sevara Ro‘zieva, 70), Angelina Polyushkevich (Gulzoda Amirova, 50), Feruza Boboxo‘jaeva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova

Ogohlantirish: Yo‘q – Maftuna Jonimqulova (20), Gulzoda Amirova (90+4).

 

QIZILQUM-W – BUXORO-W – 2:2 (0:1)

Navoiy. “Yoshlik” stadioni.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Sultonmurod Xojiev, Begjon Begaliev

Nazoratchi: Viloyat Najafaliev

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Shaxzoda Jamolova (47), Dilafruz Toshpo‘latova (88) –  Zebiniso G‘anieva (26), Shaxnoza Yusupova (90+5-pen.)

Qizilqum”: Shaxnoza Karimova, Baxtishod To‘xtaeva (Farichehra Abduvohidova, 85), Feruzaxon Jo‘raboeva, Maftuna Jo‘raeva, Albina Boboqulova (Nilufar Murodova, 90+2), Shaxzoda Jamolova, Oygul Yoqubova, Madina Kamoltoeva, Chiroygul Dehqonova (Zarina Boboeva, 37), Gulchiroy Ibrohimova, Dilafruz Toshpo‘latova

“Buxoro”: Nozigul G‘iyosova, Soxiba Seyitmirova, Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Sitora Pirnazarova (Nitaya-Roj Kunnosa, 54, Dinora Sadaqulova, 89), Shaxzoda rashidova, Komila To‘xtasinova, Charos G‘anieva (Farzona Shonazarova (90), Shaxnoza Yusupova, Nargiza Rahimova, Zebiniso G‘anieva

Ogohlantirishlar: Madina Kamoltoeva (44), Farichehra Abduvohidova  (90+5) – Komila To‘xtasinova (44), Nargiza Rahimova (60).

mib
cola
apex
bmb