“Metallurg” bosh murabbiyi “Surxon”ga qarshi uchrashuvda texnik zonaga qo‘yilmaydi

“Metallurg” bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Turon”ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etmay, “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 20.6-bandini buzgani uchun moddiy jarimaga tortilgandi. 

Jasur Abduraimov 13-turdan o‘rin olgan “Qizilqum” klubiga qarshi uchrashuvdan keyin ham matbuot anjumanida qatnashmadi va ikki qayta Reglament talablarini buzdi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Abduraimovning litsenziyasini navbatdagi tur uchun bekor qiladi. Ya’ni, Jasur Abduraimov 14-turdan o‘rin olgan “Surxon”ga qarshi uchrashuv vaqtida kiyim almashtirish xonasidan to‘g‘ri muxlislar sektoriga yo‘l oladi, uchrashuv komissari texnik zonaning zaxira o‘rindiqlari joylashgan qismiga Jasur Abduraimovni qo‘ymaydi. 

Shuningdek, 12-turdan keyin chiqarilgan qaror bo‘yicha “Metallurg” futbol klubi Jasur Abduraimov jarimasini to‘lab bermagunga qadar, bosh murabbiy klubning kelasi uchrashuvlarida ham texnik zonaga kiritilmaydi.

mib
cola
apex
bmb