Coca-Cola Superligada iyul oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan iyul oyida Superligada 2 ta tur bahslari va qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Hamidjon Aktamov (“Qizilqum”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba


Iyul oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Azizbek Amonov (“Lokomotiv”) – 2 o‘yin, 3 gol

Dragan Cheran (“Paxtakor”) – 2 o‘yin, 2 gol

Elguja Grigalashvili (“Qizilqum”) – 2 o‘yin, 2 gol

Farruh Ikromov (“Bunyodkor”) – 2 o‘yin, 2 gol

Ibrohim Tomiva (“Bunyodkor”) – 2 o‘yin, 2 gol


Iyul oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Farruh Ikromov (“Surxon” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan birinchi goli)

Erkin Baydullaev (“Qizilqum” – “Mash’al”)

Ibrohim Tomiva (“Surxon” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan ikkinchi goli)

Azimjon Ahmedov (“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”)

Pavel Zabelin (“Andijon” – “Turon”)

Okvara Godvin (“Mash’al” – “Surxon”)

Mate Vatsadze (“Metallurg” – “Qizilqum”)

Elguja Grigalashvili (“Metallurg” – “Qizilqum”).


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali iyul oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

 

mib
cola
apex
bmb