Futzal. Transfer oynalari sanalari aniq

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 9-may, kubok musobaqasi esa 30-mayda yakunlangan. Hozirda futzalchilar Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni Toshkent shahrida davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futzalchilarni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davri sifatida 2-avgust — 6-oktyabr sanalari belgilab oldi. Shuningdek, mavsum davomida 17-yanvar — 12-fevral sanalarida yangi futzalchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha transfer oynasi ochiladi.

Yangi mavsumga qur’a tashlash marosimi shu yilning 4-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

mib
cola
apex
bmb