Coca-Cola Superliga. “Nasaf” uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Coca-Cola Superliganing 8-turidan qoldirilgan “Nasaf” va “Mash’al” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qarshiliklarning yozgi tanaffus oldidan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib olishi uchun har qanday natijadagi yutuq talab etilardi. Ro‘ziqul Berdiev shogi rdlari buni uddalashdi. Birinchi bo‘lim yarimlamasidanoq mezbonlar hisobni ochishdi. G‘olib G‘aybullaev tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

 

Coca-Cola Superliga.

8-turning  qoldirilgan o‘yini.

9 iyul, juma

 

NASAF – MASh’AL - 1:0 (1:0)

Qarshi. "Markaziy" stadion.

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rishat No‘’monov, Aleksandr Burov, To‘rabek Suyunov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Bekzod Aripov.

Gol: G‘olib G‘aybullaev, 16 (1:0).

 

"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Saitov, Jo‘rabek Mannonov (Ja’farjon Karimov, 83), Husayin Norchaev, Suhrob Nurulloev (Shokir Yo‘ldoshev, 69), Akmal Mozgovoy, Abubakr Rizo Turdaliev (Shohmalik Komilov, 69), Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboev, Zafarbek Akramov (Ibrohim No‘’monov, 80), Ifeani Ifeani, Ibe Mishel Okoro (Shahzod Shaymanov, 71), Samuel Ononivu Chigoze, Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydullaev, Xudoyorxon Sagdullaev (Humoyun Murtozaev, 46), Muhammadali Yo‘ldoshev (Abbos Shodmonov, 71), Sirojiddin Allaev, Jahongirbek Abdusalomov (Sirojiddin Qo‘ziev, 65).

Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullaev, 79 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb