Ayollar futboli. U-16. Andijonlik qizlar Qo‘qonda yutuqqa erishdilar

16 yoshli qizlar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligining “A” va “D” guruhida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turdan so‘ng birinchilikning birinchi davrasiga yakun yasaldi va jamoalar yozgi tanaffusga chiqishdi. Qo‘qonga safar uyushtirgan “Andijon” jamoasi  maydon egalarini mag‘lub etib, guruhda peshqadamlik  mavqeini mustahkamladi. “Navbahor” o‘z  maydonida “Turon”dan, “Sho‘rtan” esa “Mash’al”dan ustun keldi.

 

Ayollar futboli. U-16.

5-tur. 5  iyul, dushanba

 

NAVBAHOR – TURON – 6:0 (3:0)

Uychi. “Paxtakor” stadioni. 56 tomoshabin.

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Bobur Ibrohimov, A’zam Mahmudjonov

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Umid Xolmatov

Gollar: Kamola Hasanboeva (4, 8, 34), Navbahor To‘xtaboeva (18, 53), Ruxshona Ziyomadinova (32)

Ogohlantirish: Navbahor To‘xtaboeva (42) -  yo‘q.

 

QO‘QON-1912 – ANDIJON -  1:5 (0:3)

Yozyovon t. “Yozyovon” stadioni. 28 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Maqsad Esonjonov, Mehbariddin Abdusalomov

Nazoratchi: Anvar O‘rinov

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gollar: Gulnoza Hamidova (40-pen.) – O‘g‘iloy Jumaboeva (8, 51), Farangiz Ubaydullaeva (22-pen., 26), Baxtigul Mingboeva (55)

Amalga oshirilmagan penalti: Gulnoza Hamidova (46)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

ShO‘RTAN – MASh’AL – 3:1 (2:0)

G‘uzor. BO‘SM maydoni. 45 tomoshabin.

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Daler Bozorov, Laziz Abduraupov

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar:  Shodiyabonu Eshmurodova (15-pen.), Dinora Abdusamadova (30, 45) – Farangiz Eshonqulova (38-pen.)

Amalga oshirilmagan penalti: Mashhura Umarova (60, “Sho‘rtan”).

Ogohlantirish: Yo‘q – Dinora Uzoqova (59).

mib
cola
apex
bmb