Coca-Cola Superligada iyun oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan iyun oyida Superligada 2 ta tur bahslari va bir qator qoldirilgai uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Mirjalol Qosimov (AGMK) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Hamidjon Aktamov (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang


Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Aleksandr Kasyan (AGMK) – 3 o‘yin, 3 gol

Husain Norchayev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 3 gol

Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”) – 2 o‘yin, 2 quruq o‘yin

Erkin Baydullayev (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 3 gol

Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”) – 2 o‘yin, 2 gol, 1 assist


Iyun oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Shohmalik Komilov (“Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvida)

Erkin Baydullayev (“Qizilqum” – “Surxon”)

Sanjar Shoahmedov (“Andijon” – AGMK)

Doniyor Abdumannopov (“Andijon” – AGMK).


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali may oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

 

mib
cola
apex
bmb