U-18. “Neftchi” peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi

18 yoshlilar Birinchiligining 11-turiga start berildi. Bugun mazkur tur doirasida bitta uchrashuv o‘tkazildi.  Buxoroga safar uyushtirgan “Neftchi” raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol etishdi va o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qoldi. Mazkur g‘alaba bilan farg‘onaliklar 28 ochko to‘plagan holda  turnir jadvalidagi mavqeini yaxshilab oldi.  “Paxtakor” “Neftchi”dan olti ochkoga ortda qolyapti. Biroq, yosh “sherlar” “Neftchi”dan uchta kam o‘yin o‘tkazganligini ham unutmaslik lozim.

 

U-18 Birinchiligi.

11-tur,  29 iyun, seshanba

 

BUXORO – NEFTChI – 0:2 (0:0)

Buxoro. “Umid” stadioni. 71 tomoshabin.

Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Akmal G‘iyosov, Umid Lutfulloev

Nazoartchi: Abdurahmon Qo‘ldoshev

Komissar: Samandar Ibragimov

Gollar: Muhammadali Xolmatov (58), Azamatjon Tolibjonov (90+3)

Amalga oshirilmagan penalti: Farruhjon Muhiddinov (73, “Buxoro”)

Ogohlantirishlar:  Farruhjon Muhiddinov (30), Firdavs Hikmatov (54), Javohir G‘iyosov (90+2) – Shohruhbek Yoqubjonov (46).

mib
cola
apex
bmb