Pro liga yozgi tanaffusdan 4 avgust kuni chiqadi

Pro liga 13-tur uchrashuvlaridan keyin klublar yozgi tanaffusga yo‘l oldi. Shu bilan uchrashuvlar 4 avgust sanasidan e’tiboran davom ettiriladi. 

“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 21.4-bandiga ko‘ra, Pro liga klublari 18-turdan keyin II bosqich o‘yinlarida ishtirok etishi kerak. Bunda jadval teng ikki qismga bo‘linishi belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, 18-tur uchrashuvlaridan o‘zaro printsipial ahamiyat kasb etadiganlari quyida ko‘rsatilgani kabi bir kunda va bir vaqtda o‘tkaziladi. Qolgan uchrashuvlar soatida farq bo‘lishi mumkin. 

13 sentyabr kuni Pro liganing II bosqich o‘yinlariga qur’a tashlab beriladi. “Istiqlol” klubi musobaqani erta tark etgani uchun, ayni holatda Pro ligada jamoalar soni toq ko‘rinishda bo‘lib turibdi. Shundan kelib chiqib, 18-turni 5-o‘rinda yakunlaydigan klubning aynan qaysi guruhda bo‘lishi masalasi tez orada O‘FA yordamida aniqlab olinadi. Quyida 18-turgacha bo‘lgan taqvim hamda keyingi uchrashuvlar sanasi bilan tanishib olishingiz mumkin.

14-tur

4 avgust, chorshanba

YaNGIER — OLIMPIK 

ARAL — OQTEPA 

5 avgust, payshanba 

ShO‘RTAN — DINAMO

XORAZM — NEFTChI


15-tur

11 avgust, chorshanba

OQTEPA — XORAZM 

BUXORO — ARAL 

YaNGIER — ShO‘RTAN

12 avgust, payshanba 

NEFTChI — DINAMO


16-tur

23 avgust, dushanba 

DINAMO — OQTEPA 

XORAZM — BUXORO 

24 avgust, seshanba 

ShO‘RTAN — NEFTChI 

ARAL — OLIMPIK


17-tur

3 sentyabr, juma 

YaNGIER — ARAL 

4 sentyabr, shanba

OQTEPA — NEFTChI 

5 sentyabr, yakshanba 

OLIMPIK — XORAZM

BUXORO — DINAMO


18-tur

12 sentyabr, yakshanba 

ShO‘RTAN — OQTEPA

XORAZM — YaNGIER

DINAMO — OLIMPIK 

NEFTChI — BUXORO.

19-tur
19-20-21 sentyabr 

20-tur
26-27-28 sentyabr 

21-tur
2-3 oktyabr 

22-tur
9-10 oktyabr 

23-tur
14-15-16 oktyabr 

24-tur
24-25-26 oktyabr

25-tur
6-7 noyabr 

26-tur
13-14 noyabr  

27-tur
18-19 oktyabr 

28-tur
27 noyabr

mib
cola
apex
bmb