Coca-Cola Superliga. 13-tur uchrashuvlari 30 iyul sanasidan boshlab davom ettiriladi

Coca-Cola Superliga musobaqasining 13-tur va II davra o‘yinlari sanalari ishlab chiqildi. 

Bunda O‘zPFL O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 saralashi uchrashuvlari natijasidan kelib chiqib ish ko‘rganini qayd etish lozim. Boisi, bungacha O‘zPFL ishlab chiqqan reja terma manfaatlari yo‘lida o‘zgartirildi va jamoa rejadagidan 10 kun oldinroq yig‘ildi. Oqibatda Superliganing 13-tur uchrashuvlari hamda O‘zbekiston Coca-Cola kubogining 1/8 final bosqichini iyul oyigacha o‘tkazib olish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.

Ma’lumki, iyul oyida futbol klublari yozgi tanaffusga chiqadi. Qolaversa, ayni chilla vaqtida futbol uchrashuvlarini tashkil etish sportchilar salomatligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL stadionlar projektorlarini talab darajasiga keltirish va shu yo‘l orqali uchrashuvlarni kechki salqinda o‘tkazish yuzasidan qator ishlarni amalga oshirmoqda. 

Afsuski, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashidagi ishtirokini davom ettirmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘FA sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida mavjud bo‘lgan FIFA kunlari uchun o‘z rejasini taqdim etib ulgurmadi. OFK kubogida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” ishtirokidagi ehtimoliy uchrashuvlarning sanalari aniq bo‘lsa-da, o‘yinlarning qaysi mamlakatda o‘tishi masalasi to‘liq ochiqlanmagan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL navbatdagi ishchi rejani taqdim etadi. 

Superliga klublari 4 iyul kuni yakuniga etadigan 12-tur uchrashuvi va 9 iyul kuni 8-turdan o‘rin olgan “Nasaf” – “Mash’al” qodirilgan bahsidan so‘ng tanaffusga chiqadi. Kubokni ham qo‘shib hisoblasa, o‘tgan vaqt davomida klublar o‘tgan yilgidan farqli o‘laroq tanaffusga qadar 15 ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi. Tanaffus 30 iyul sanasiga qadar davom etadi va shu sanadan e’tiboran klublar 13-turda start oladi. II davra uchrashuvlari bunga ulanib ketadi.    

Quyidagi havola orqali siz II davra rejasi bilan tanishib olish imkoniyatiga egasiz. Bunda o‘yinlar sanalari ishchi rejaga kiritilgan va FIFA kunlari inobatga olingan, hatto uchrashuvlar sanalari ham aniq bo‘lib ulgurgan. Biroq O‘FA FIFA kunlari borasidagi rejalari va OFK klublarning ikkinchi raqamli qit’a musobaqasidagi rejalariga to‘la oydinlik kiritmagunicha, biz faqatgina avgust oyidagi uchrashuvlar sanasini to‘liq e’lon qilamiz. 

Ma’lumot uchun, bizda yozgi transfer oynasi 5 iyul kuni ochiladi va 31 iyul sanasiga qadar davom etadi. Pandemiya bilan bog‘liq holat yoki O‘zPFLga aloqasi bo‘lmagan boshqa sabablar bilan uchrashuvlar sanalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. 

13-tur

30 iyul, juma

LOKOMOTIV – NASAF

MASh’AL – SURXON 

31 iyul, shanba

ANDIJON – TURON

BUNYoDKOR – PAXTAKOR

SO‘G‘DIYoNA – AGMK 

1 avgust, yakshanba 

QO‘QON-1912 – NAVBAHOR

METALLURG – QIZILQUM

14-tur

6 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF 

MASh’AL — BUNYoDKOR 

7 avgust, shanba

LOKOMOTIV — AGMK 

METALLURG — SURXON 

ANDIJON — QIZILQUM 

8 avgust, yakshanba  

SO‘G‘DIYoNA — NAVBAHOR

QO‘QON-1912 — TURON

15-tur

13 avgust, juma

MASh’AL — PAXTAKOR 

SURXON — ANDIJON

14 avgust, shanba

TURON — SO‘G‘DIYoNA 

BUNYoDKOR — METALLURG 

QIZILQUM — QO‘QON-1912

15 avgust, yakshanba 

AGMK — NASAF 

NAVBAHOR — LOKOMOTIV

1/8 final

18 avgust, chorshanba

SURXON — MASh’AL 

ShO‘RTAN — QIZILQUM 

DINAMO — OLIMPIK

19 avgust, payshanba

NASAF — METALLURG 

PAXTAKOR — TURON 

AGMK — NEFTChI 

20 avgust, juma 

BUNYoDKOR — NAVBAHOR

SO‘G‘DIYoNA — LOKOMOTIV

16-tur

25 avgust, chorshanba

QO‘QON-1912 — SURXON 

SO‘G‘DIYoNA — QIZILQUM 

METALLURG — MASh’AL 

26 avgust, payshanba

ANDIJON — BUNYoDKOR 

PAXTAKOR — AGMK 

27 avgust, juma 

LOKOMOTIV — TURON 

29 avgust, yakshanba  

NASAF — NAVBAHOR.

mib
uzcard
cola
apex
bmb