U-21. AGMK o‘z o‘rnini saqlab qoldi, “Bunyodkor” ham

21 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligining 10-tur o‘yinlari davom ettirildi. Shu turgacha turnir jadvalida peshqadamlik qilgan AGMK bu gal ham g‘alaba qozongan holda o‘z mavqeini saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinda bo‘lgan “Bunyodkor” safarda to‘p surishiga qaramay yaqin ta’qibchisi “Turon”ni yirik hisobda enga oldi va ikkinchi o‘rindagi joyini yanada mustahkamlab  oldi. “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahsda esa kuchlar teng keldi.

 

 

U-21. 10-tur.

18 iyun, juma

 

AGMK – METALLURG – 1:0 (0:0)

Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 133 tomoshabin.

Hakamlar: Akmaljon Rahimov, Husniddin O‘rolov, Artem Snetkov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gol: Nodirbek Abdurazzoqov, 51 (1:0)

Ogohlantirishlar: Bunyod Turg‘unboev, 12, Azamat Intiqboev, 45+4 – Shaxzodjon Ne’matjonov, 54.

 

TURON – BUNYoDKOR – 1:4 (1:1)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 92 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Shohruh A’zamov, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Ongar Jalimov

Gollar: Mirjalol Mirzaev, 13 (1:0), Alfayzi Ne’matov, 27 (1:1), Sudaysi Jo‘raboev, 68 (1:2), Sudaysi Jo‘raboev, 84 (1:3), Bek Abdullaev, 90+3 (1:4)

Ogohlantirishlar:  Muhammadxayit Qo‘ldoshev, 90+2 - Ulug‘bek Raimov, 63, Muzaffar Olimjonov, 73.

 

PAXTAKOR – SO‘G‘DIYoNA – 1:1 (0:1)

Qibray. “Qibray” stadioni. 65 tomoshabin.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Saidaxror Saidaxmatov, Odil O‘rolov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Saidolim Asadov, 4-o‘z darv. (0:1), Rustam Turdimurodov, 90+5 (1:1)

Ogohlantirishlar: Muhammadali O‘rinboev, 40, Botir Irismetov, 78 – Diyorbek Yunusov, 32, Nodirbek Quyboqov, 79.

mib
cola
apex
bmb