Coca-Cola Superliga. “Qizilqum” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

Roppa-rosa bir oylik tanaffusdan  keyin Coca-Cola Superligasi davom ettirildi. Start olgan 10-turning dastlabki kunida “Qizilqum” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi termizliklar foydasiga hal bo‘ldi – Jasur Xolto‘raev hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari nima qilib bo‘lsa-da hisobni tenglashtirish, imkon qadar g‘alaba qozonish payida bo‘lishdi. Yakunda esa Erkin Baydullaevning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi xolos.

 

Coca-Cola Superliga. 10-tur

18 iyun, juma

 

QIZILQUM – SURXON - 1:1 (0:1)

Navoiy. “Yoshlar sport majmuasi”. 573 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Timur Galeev, Akmal G‘iyosov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Jasur Xolto‘raev, 34 (0:1), Erkin Baydullaev, 57 (1:1)

Amalga oshirilmagan penalti: Oybek Qilichev, 12.

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov,.Erkin Baydullaev, Oybek Qilichev (Elguja Grigalashvili, 52), Giorgi Kuxianidze, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoev, Jasur Azimov (Muhsinjon Ubaydullaev, 76), Jamshid Hasanov (Mate Vatsadze, 52), Islom To‘xtaxo‘jaev, Sherali Jo‘raev (Azizbek Usmonov, 81), Oleg Tolmasov.

"Surxon": Azamat Ahmedov, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov, Nizomjon Norov (Muhammad-Ali Abdurahmonov, 78), Jasur Xolto‘raev (Murodbek Bobojonov, 83), Vladimir Bubanya, Nuriddin Hasanov (O‘ral Choriev, 90+4), Husniddin G‘ofurov, Sharafiddin Shobirov, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov.

Ogohlantirishlar: Fayzullo Qambarov, 85 – Vladimir Bubanya, 57, Asror G‘ofurov, 90+4.

mib
cola
apex
bmb