“Andijon” 11-turni mezbon sifatida Olmaliqda o‘tkazadi

Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Andijon” — AGMK o‘yini projektor bilan bog‘liq muammo sababli Andijonda o‘tkazilmaydi.

“Andijon” futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida OKMK sport majmuasida o‘tkazish taklifini berdi va bu borada har ikki klub o‘zaro kelishib oldi. Uchrashuv 27-iyun — yakshanba kuni 20:00 da start oladi.

Avvalroq “Surxon” hamda “Paxtakor” klublarining 11-turdan joy olgan o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tishi ma’lum qilingandi.

mib
cola
apex
bmb