“Surxon” 11-turni mezbon sifatida “Paxtakor” stadionida o‘tkazadi

Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Paxtakor” o‘yini projektor bilan bog‘liq muammo sababli Termizda o‘tkazilmaydi.

“Surxon” futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida “Paxtakor”stadionining o‘zida o‘tkazish taklifini berdi va bu borada har ikki klub o‘zaro kelishib oldi. Uchrashuv 27-iyun — yakshanba kuni 20:00 da start oladi.

Avvalroq “Qo‘qon-1912” hamda “Mash’al” klublarining 11-turdan joy olgan o‘yinlari Yaypan shahrida o‘tishi ma’lum qilingandi.

mib
cola
apex
bmb