Pro liga. “Buxoro” bir muddatli “tanaffusdan” keyin yana peshqadam bo‘lib oldi

Pro liganing 11-turi doirasida dastlabki ikki o‘yin o‘tkazildi. “Toshkent derbisi”da kuch sinashgan “Oqtepa” va “Olimpik” jamoalari uchrashuvida “olimpiyachilar” muvaffaqiyat qozonishdi. Ayniqsa ular tomonidan kiritilgan birinchi gol chiroyli ko‘rinish oldi – “Oqtepa” darvozaboni to‘pni jarima maydoni tashqarisida qo‘li bilan o‘ynadi, bosh hakam xushtak chaldi, darvozabon hali ortiga burilib ulgurmasidan, himoyachilar hali o‘z joylarini egallamaslaridan Abdurauf Bo‘riev jarima to‘pini ochiq qolgan  darvoza to‘riga yo‘naltirdi. Shu tariqa “Olimpik” ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Ikkinchi bahsda esa “Buxoro” G‘ijduvonda “Sho‘rtan”ni yirik hisobda mag‘lub etib, bir muncha “tanaffusdan” keyin yana karvonboshi bo‘lib oldi. Lekin “Buxoro” va “Olimpik”ning “taqdirlari” ertangi o‘yinlarda keyin yana o‘zgarishi hech gap emas.

 

Pro liga. 11-tur

12 iyun, shanba

OQTEPA – OLIMPIK - 0:2 (0:1)

Toshkent. JAR stadioni. 280 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Olimjon Abduvosilov, Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Baxtiyor Shirinov

Gollar: Abdurauf Bo‘riev, 14 (0:1),  Otabek Jo‘raqo‘ziev, 72 (0:2).

"Oqtepa": Jamoliddin Hikmatov, Opeks Samuel, Sunnatillo Mamadaliev (Jamshid Yusupov, 70), Sherzod Qodirov, Xazratjon Tursunqulov, Talgat Nigmatulin (Aziz Pirmuhammedov, 42),  Estevan Ospina, Olimjon Karimov, Ubaydullo Xalikulov (Javohir Baxtiyorov, 42), Avaz Agaliev (Asasio Guilxerme, 70), Islombek Karimov

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Eldorbek Begimov, Shohjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev, Temur Mamasidiqov (Otabek Jo‘raqo‘ziev, 46), Bektemir Abdumannonov (Farruhbek Muxtorov, 63), Dostonbek Tursunov (Hamidxon Rustamxonov, 63), Abdurauf Bo‘riev, Alisher Odilov (Muhammadqodir Rahimberganov, 83), Shahzod Toirov, Muhammadali G‘iyosov (Ruslanbek Jiyanov, 56)

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Xikmatov, 15, Jamshid Yusupov, 75 - Bexzod Shamsiev, 77.

 

BUXORO – ShO‘RTAN - 3:0 (1:0)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni. 865 tomoshabin.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kallaxo‘jaev

Nazoratchi: Ro‘zim Davletmuradov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Shavkat Salomov, 36 (1:0), Marko Milich, 63-pen. (2:0),  Davronbek Isoqov, 74 (3:0).

"Buxoro": Sardor Qobuljonov, Azamat Isroilov, Anvarjon Jo‘raev, Shavkat Salomov (Suhrob Ne’matov, 64), San’at Shixov (Sardorbek Izzatov, 76), Amirjon Safarov (Davronbek Isoqov, 55),  Alisher Sanoev, Jasurbek O‘rinov (Mirjalol Jumaev, 46), Hakimjon Alamxonov, Marko Milich, Fayzullobek Jumanqo‘ziev (Bobur Qosimov, 46)

"Sho‘rtan": Asilbek Berdialiev, Nurali Padarov, Shahzod Abdivayitov, Elyor Omonjonov, Azizbek Rashidov, Asadbek Samariddinov (Bekzod Suvonov, 79), Ruslan Yulmuhametov (Ahmed Qobiljonov, 64), Shahboz Jo‘raev, Choriyor Tursunqulov. Salohiddin Sanaqulov, Sarvar Bo‘ronov

Ogohlantirishlar: Jasurbek O‘rinov, 19, Alisher Sanoev, 38, San’at Shixov, 45 – yo‘q.

 

mib
cola
apex
bmb