U-18. “Turon” besh pog‘ona yuqoriladi

U-18 Birinchiligining 8-tur o‘yinlari nig‘oyasiga etdi. Ushu tur dorasidagi bugungi ikki uchrashuvning ikkalasida ham mezbonlar g‘alaba qozonishdi.  O‘z maydonida “Buxoro”ni yirik – 4:0 hisobida mag‘lub etgan “Olimpik” 18-o‘rindan 15-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, “Turon” “Dinamo”ni bitta to‘p farqi bilan ortda qoldirib birdaniga besh pog‘ona yuqorilashga erishdi – 14-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

 

U-18 Birinchiligi.

8-tur,  9 iyun, chorshanba

 

OLIMPIK – BUXORO – 4:0 (1:0)

Toshkent. JAR stadioni. 29 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kallaxo‘jaev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Abduvohid Karimov

Gollar: Farruh kamolov (45), Temur Tulegenov (66), Asadbek Karimov (75, 81)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Jahongir G‘iyosov (38), Farruhjon Muhiddinov (45), Jahongir Ro‘ziev (55)

Chetaltish: Yo‘q – Jahongir Ro‘ziev (87, ikkinchi sariq).

 

TURON – DINAMO – 1:0 (0:0)

Qo‘qon. “Kimyogar” stadioni. 108 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh A’zamov, Abubakir Hasanov, Muhammadali Nurmatov

Nazoratchi: Erkinjon Oripov

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gol: Aziz Ilhomjonov (55)

Ogohlantirish: Yo‘q -   Aziz Ahmedov (70).

 

mib
cola
apex
bmb