Birinchi liga. “Zomin” peshqadamligini mustahkamladi

Birinchi liganing 9-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Tur doirasida kecha uchta o‘yin o‘tkazilgan, bir uchrashuvda texnik natija qayd etilgandi. Bugun esa ikkita bahs bo‘lib o‘tdi.  Chirchiqdan Toshkentga safar qilgan “Lochin” “Neftgazmontaj” bilan durang o‘ynab, bir ochko ishlab qaytgan bo‘lsa, o‘z maydonida “Jomboy”ni qabul qilgan “Zomin”  raqiblar darvozasiga javobsiz uchta gol yo‘llab,  “G‘ijduvon”ning bir kunlik “taxtini” qaytarib oldi va peshqadamlik mavqeini mustahkamladi.

 

Birinchi liga. 9 -tur

6 iyun, yakshanba

 

NEFTGAZMONTAJ – LOChIN 2:2 (1:0)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni. 65 tomoshabin.

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Islom Nosirov, Boburbek Ibrohimov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Otabek Pardaboev, 35 (1:0), Dilmurod Abduqahhorov, 49 (1:1), Abdujalil Manazarov, 65-pen. (2:1), Boboxon Ravshanov, 90+3 (2:2)

Ogohlantirishlar: Said Topilov, 26, Abdujalil Manazarov, 57, Farhod Mahamadjonov, 90+3 – Soyib Safarov, 9, Xusniddin Salaydinov, 60, Ulug‘bek O‘rinboev, 63, Xudoyor Zikriyaev, 75, Dilshod Fayziev, 80, Abdulaziz Jo‘raev, 80, Amir Fayziev, 81.

 

ZOMIN – JOMBOY – 3:0 (1:0)

Zomin. “Zomin Markaziy” stadioni. 842 tomoshabin.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Shavkat Rahmatov, Akmal G‘iyosov

Nazoratchi: Abdurahmon Quldashev

Komissar: Bekzod Aripov.

Gollar: Javohir Hamidullaev, 15 (1:0), Begzod Ahmedov, 71 (2:0), Bahodir Daminov, 77 (3:0)

Amalga oshirilmagan penalti: Abdulla Nabiev, 67 (“Jomboy”)

Ogohlantirishlar: Jonibek Kuchimov, 59 – Jahongir Ergashev, 2, Mirjalol Loqaev, 33, Nurbek Xoljigitov, 85, Sherzod Davlatov, 88

Chetlatish: Jahongir  Ergashev, 90 (ikkinchi sariq).

 

mib
cola
apex
bmb