Pro liga. “Buxoro” so‘nggi sakkiz daqiqada uchta gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Pro liganing 10-tur o‘yinlari start oldi. O‘z maydonida “Oqtepa”ni qabul qilgan “Buxoro” sal bo‘lsa mag‘lubiyatga uchray dedi. Toshkentliklar uchrashuvning 85-daqiqasigacha uchta gol farqi bilan oldinda borishayotgandi. Biroq mezbonlar avvaliga ikki daqiqada ikkita gol urib hisobni qisqartirishdi, uchrashuvga qo‘shib berilgan  olti daqiqaning yarmida Suxrob Ne’matov raqib darvozasini nishonga olib, jamoadoshlarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

 

Pro liga.10-tur

6 iyun, yakshanba

 

BUXORO – OQTEPA – 3:3 (0:1)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni. 1364 tomoshabin6.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

Komissar: Sherzor Rajabov

Gollar: Sunnatillo Mamadaliev, 31 (0:1), Aziz Pirmuhammadov, 60 (0:2), Asasio Guilxerme, 80-pen. (0:3), Azamat Isroilov, 85, (1:3), Rustamjon Abduhamidov, 86 (2:3), Suxrob Ne’matov, 90+3 (3:3)

“Buxoro”: Sardor Qobiljonov, Azamat Isroilov, Anvarjon Jo‘raev, Davronbek Isoqov (Amirjon Safarov, 59), Shavkat Salomov (Suxrob Ne’matov, 70), San’at Shixov, Rustamjon Abduhamidov, Alisher Sanoev, Jasurbek O‘rinov (Fayzullobek Jumanqo‘ziev, 65), Hakimxon Alamxonov, Marko Milich

“Oqtepa”: Umidjon Hamroev, Opex Samuel, Aziz Pirmuhammadov (Azizjon Toshkenboev, 88), Sunnatillo Mamadaliev, Sherzod Qodirov (Jamshid Yusupov, 88), Hazratjon Tursunqulov, Talgat Nigmatullin (Asasio Guilxerme, 70), Estevan Ospina (Muhammad Ali Mansurov, 63), Olimjon Karimov, Avaz Agaliev, Shohjahon Qilichev

Ogohlantirishlar: Rustamjon Abduhamidov, 90+5 – Sunnatillo Mamadaliev, 33, Shohjahon Qilichev, 37, Avaz Agaliev, 78, Umidjon Hamroev, 87.

mib
uzcard
cola
apex
bmb