U-18. “Oqtepa” voha safarida ikkita o‘yin o‘tkazdi

U-18 Birinchiligining 6-tur doirasidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Urganchga safar uyushtirgan “Oqtepa” jamoasi maydon egalarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Oqtepa” voha safarida shuningdek, 19-turning ko‘chirilgan “Aral Samali” jamoasi bilan ham kuch sinashib qaytdi. Bir kun oldin Urganchda to‘p surgan toshkentliklar ertasiga – bugun Nukusda ham maydonga tushishdi va mezbonlarga imkoniyatni boy berishdi.

 

U-18 Birinchiligi.

6-tur, 30 may, yakshanba

 

XORAZM – OQTEPA – 2:3 (0:2)

Gollar: A’zamjon Abdullaev (49), Azizbek Bahromov (81) – Baxtiyor Tojiev (12), Azizjon Toshkenboev (38), Mirjalol Norqobilov (73)

 

 

19-turning ko‘chirilgan uchrashuvi, 31 may, dushanba

 

ARAL SAMALI – OQTEPA – 4:3 (1:0)

Gollar: Shinibek Quralbaev (23, 66), Baxit Perdebaev (80), Ulug‘bek Urazbaev (90+4) – Ilyor Norqobilov (74), Baxtiyor Tojiev (76), Mirjalol Norqobilov (83).

mib
cola
apex
bmb