Futzal. O‘tish o‘yiniga Samarqand mezbonlik qiladi

Futzal bo‘yicha 2020/21-yilgi mavsumi uchun musobaqalarni o‘tkazish reglamentining 5.9-bandiga asosan, Oliy ligada 12-o‘rinni egallagan jamoa keyingi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazadi. Birinchi ligada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy ligaga yo‘l oladi. Oliy ligada 11-o‘rinni egalagan jamoa va Birinchi ligada 2-o‘ringa ega jamoa o‘zaro bahsda Oliy ligaga chiqish masalasini hal qiladi.

O‘tish o‘yini 25-may kuni Samarqand futbol assotsiatsiyasi futzal kompleksida Futzal Oliy ligasida 11-o‘rinni egallagan “Buxoro” va Birinchi ligada 2-o‘ringa ega chiqqan “Dinamo” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. G‘alaba qozongan jamoa 2021/22 mavsumda Oliy ligada ishtirok etadi. Uchrashuv 18:00da boshlanadi.

mib
cola
apex
bmb