Futzal. “Neftchi” Oliy ligaga yo‘llanma oldi

Farg‘ona shahrining “Futbol markazi” majmuasida besh kun davom etgan futzal bo‘yicha mamlakat Birinchiligi yakuniga etdi. Oliy ligaga yo‘llanma olish uchun kurash so‘nggi turgacha davom etdi. Oxirgi kunning so‘nggi o‘yinida “Neftchi” va “Dinamo” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Birinchi liga g‘olibi va oliy ligaga yo‘llanma olish uchun “Neftchi”ga durang natija ham kifoya edi, “Dinamo”dan esa faqat g‘alaba talab etilayotgandi. O‘yinda durang qayd etildi – 2:2. Shu tariqa “Neftchi” kelasi mavsumni oliy liga safida o‘tkazadi. “Dinamo” esa oliy ligada 11-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Buxoro” jamoasi bilan o‘tish bahsida ishtirok etadi.  

 

Futzal. Birinchi liga.

2-davra

Beshinchi kun. 21 may, juma.

 

MASh’AL – SURXON – 5:6 (4:3)

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Murodxon A’zamjonov, Sanjar Rahmonov, Mahmud Rustamov

Nazoratchi – Faxriddin Murodov

Gollar: Asadbek Soliev (3, 14, 19, 26), Odiljon Azimov (16) – Abulqosim Qurbonov (12, 14, 30), Timur Qambarov (20, 36), Asliddin Omonov (32)

Ogohlantirishlar: Javohirbek Ismoilov (30), Asadbek Soliev (39) – Asliddin Omonov (30).

 

NEFTChI – DINAMO – 2:2 (0:0)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Xushnud Otamurodov, Jamoliddin Qosimov, Sanjar Rahmonov

Gollar: Sardorbek Alisherov (28), Shuhratbek Rashidov (36-pen.) – Daler Eshonqulov (31), Qosim Safarov (36)

Ogohlantirishlar: Sardorbek Alisherov (17) – Daler Eshonqulov (27).

mib
uzcard
cola
apex
bmb