Futzal. “Neftchi” g‘alaba qozondi va birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Futzal bo‘yicha mamlakat Birinchiligining ikkinchi davra o‘yinlari davom etmoqda. Farg‘onadagi “ Futbol markazi” sport majmuasida kechayotgan bahslarning uchinchi kunida yirik hisoblar qayd etildi. “Neftchi” “Surxon”ni 11:3 hisobida mag‘lub etib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qizilqum” esa “Mash’al”ni 7:4 hisobida yutib, uchinchi o‘rinni band etdi.

 

Ikkinchi davra o‘yinlari 21 mayda yakuniga etadi.

 

Futzal. Birinchi liga.

2-davra

Uchinchi kun. 19 may, chorshanba.

 

NEFTChI – SURXON – 11:3 (5:0)

Hakamlar: Xushnud Otamurodov, Nikita Afinogenov, Umid Po‘latov, Murodxon A’zamjonov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: Rashidjon Jabborov (1), Abdurahim Saidjonov (8), Muhammadyusuf Muhammadjonov (12, 29), Mavlon G‘aniev (14, 23, 40), Muhammadxalil Sotvoldiev (19), Ulug‘bek Abduqodirov (27), Farhodjon Ne’matov (30), Shuhratbek Rashidov (32) – Abulqosim Qurbonov (31, 39), Asliddin Omonov (39)

Ogohlantirish: Yo‘q – Abulqosim Qurbonov (15).

 

MASh’AL – QIZILQUM – 4:7 (3:3)

Hakamlar: Sanjar Rahmonov, Maxmud Rustamov, Murodxon A’zamjonov, Umid Po‘latov

Gollar: Abdurahmon Qodirov (16, 33), Tursunboy Saydaliev (19, 20) – Laziz Rahmatullaev (4), Nuriddin Toshev (6, 38), Allayor Sadirov (10), O‘tkir Nurullaev (21, 29), Javohir Shodiev (34)

Ogohlantirish: Yo‘q – Bekali Abdurahmonov (36).

 

 

mib
cola
apex
bmb