Sport inshootlari va futbol maydoni parvarishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun seminar o‘tkazilmoqda

Futbol uchrashuvlarining yaxshi saviyada tashkil etishi va jamoalar uchrashuv davomida o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini namoyish qilishi uchun birinchi navbatda maydonning holati qoniqarli bo‘lishi lozim.

O‘zPFL bayrog‘i ostida o‘tkaziluvchi musobaqalar uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni maydon parvarishi bo‘yicha jahon tajribasi bilan tanishtirish maqsadida “Engo” xalqaro xoldingi bilan hamkorlikda “Turf Education 2021 Uzbekistan” o‘quv seminari tashkil etildi.

15-16-may kunlari bo‘lib o‘tadigan seminarda Coca-Cola Superliga, Pro liga hamda Birinchi liga klublari xodimlari, stadionlar ma’muriyati vakillari, maydon ustalari, sun’iy va tabiiy qoplamali maydonlar va sport inshootlari barpo etish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Qayd etish joiz, “Engo” xalqaro xoldingi sport maydonlari qurilishi va maydon parvarishi bo‘yicha ulkan tajribaga ega tashkilot sanaladi. Seminarda Slovakiya, Rossiya hamda ukrainalik tajribali mutaxassislar futbol maydonlarini yaxshi saqlash, maydon parvarishi, bu borada qo‘llaniladigan so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishadi. Unda futbol maydonlari mutaxassislari o‘z sohasidagi so‘nggi yangilikardan boxabar bo‘lish va bu boradagi bilimlarini boyitish imkoniga ega bo‘lishadi.

 

 

 

 

mib
cola
apex
bmb