Coca-Cola Superliga. “Turon” o‘z maydonida AGMKga imkoniyatni boy berdi

AGMK jamoasining OChLdagi ishtiroki sabab 5-turdan o‘rin olgan olmaliqliklarning “Turon” bilan o‘yini shu kunga qoldirilgandi. O‘yin haqiqatdan ham murosasiz o‘tdi. Kechki oqshom, yangi o‘rnatilgan ulkan yoritkichlar, buning ustiga kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan bahsda mehmonlar tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal etdi.

Coca-Cola Superliga, 5-turning qoldirilgan o‘yini.

10 may, dushanba

TURON – AGMK - 0:1 (0:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni.4096 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Komiljon Rasulov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Shohruh Gadoev, 69 ( 0:1)

"Turon": Akmal Ortiqov, Abduqahhor Xojiakbarov, Asliddin Toshtemirov, Jasurbek Hakimov (Asilbek Qayumov, 59), Javohir Sohibov (Davronbek Umirov, 78), Muzaffarjon Muzaffarov (Jahongir Mehmonov, 78), Vladislav Kasminin, Sinisha Babich (Sunnatilla Ermatov, 59), Boyong Kim, Deyan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev (Abdurahmon Abdulhaqov, 59).

AGMK: Botirali Ergashev, Akromjon Komilov,  Dilshod Jo‘raev (Mirjamol Qosimov, 89), Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev,  Zafar Polvonov (Aleksandr Kasyan, 64), Murodxon Toshmatov (Husniddin G‘ofurov, 46),  Sanjar Shoahmedov (Sanjar Tursunov, 46), Yovan Jokich, Dilshodbek Ahmadaliev, Elvin Fortes (Shohruh Gadoev, 57)

Ogohlantirishlar: Abduqahhor Xojiakbarov, 43, Asilbek Qayumov, 81, Vladislav Kasminin 90+2 - Sardor Rahmonov, 16, Boburbek Yo‘ldoshev, 54, Shohruh Gadoev, 90, Aleksandr Kasyan, 90+2.

mib
cola
apex
bmb